Abstract
Mazkur maqolada raqamli ta’lim sharoitida integrativ yondashuv asosida Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodik modeli asoslangan. Tadqiqotda kasbiy kompetentlikning motivatsion- qadriyatli, kognitiv, amaliy-faoliyatli, integrativ va refleksiv komponentlari o‘zaro bog‘liq tizim sifatida qaraladi. Integrativ yondashuvning mazmuni turli kasbiy fanlardan o‘zlashtirilgan bilimlarni real va realga yaqin kasbiy vazifalarni bajarish jarayonida birlashtirish, raqamli vositalarni pedagogik maqsadga muvofiq tanlash hamda amaliy mahsulot yaratish orqali ochib berilgan. Ishda kompetensiyaviy, integrativ, tizimli, faoliyatga yo‘naltirilgan va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar metodologik asos sifatida belgilangan. Taklif etilgan metodik model maqsadli, metodologik, mazmuniy, texnologik, diagnostik va natijaviy komponentlardan tashkil topib, boshlang‘ich diagnostika, kasbiy vaziyatni yaratish, fanlararo bilimlarni faollashtirish, raqamli vositani tanlash, integrativ topshiriqni bajarish, natijani baholash va refleksiya bosqichlarini qamrab oladi. Modelning o‘ziga xos jihati raqamli texnologiyalarni mustaqil maqsad sifatida emas, balki kasbiy mazmun va faoliyat bilan integratsiyalashgan pedagogik vosita sifatida talqin qilishdan iborat. Natijada talabalarning bilimlarni kasbiy vaziyatga transfer qilish, mustaqil qaror qabul qilish, raqamli vositalardan maqsadli foydalanish va o‘z faoliyatini refleksiv tahlil qilish imkoniyatlarini rivojlantirish uchun metodik asos yaratiladi.References
1. Bell S. Project-based learning for the 21st century: Skills for the future. The Clearing House: A Journal of Educational Strategies, Issues and Ideas. - 2010. - Vol. 83, No. 2. - P. 39-43. - DOI: 10.1080/00098650903505415.
2. Komilova Z. K. The role of digital technologies in modern education. Information Horizons: American Journal of Library and Information Science Innovation. - 2025. - Vol. 3, No. 1. - P. 62-66. - URL: https://grnjournal.us/index.php/AJLISI/article/view/6759
3. Komilova Z. K., Abdullayeva F. S. Digital learning environment in educational institutions: Creation models and their possibilities // Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning. - 2025. - Vol. 6, No. 1. - P.10-15. — URL: https://ejedl.academiascience.org/index.php/ejedl/article/view/780.
4. Mishra P., Koehler M. J. Technological pedagogical content knowledge: A framework for teacher knowledge // Teachers College Record. - 2006. - Vol. 108, No. 6. — P. 1017-1054.- DOI: 10.1111/j.1467-9620.2006.00684.x.
5. Redecker C. European framework for the digital competence of educators: DigCompEdu. - Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. - DOI: 10.2760/159770.
6. Tojiboev I. T., Komilova Z. X. The role of information technologies in teaching technical sciences in professional educational institutions // Scientific and Practical Journal “Technique”. - 2023. - No. 1(10). - URL: https://sciup.org/14127525 (дата обращения: 07.09.2026).
7. UNESCO. UNESCO ICT competency framework for teachers. Version 3. - UNESCO, 2018. - URL: https://www.unesco.org/en/articles/unesco-ict-competency.
