Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining pedagogik amaliyot jarayonida moslashuvchan kasbiy mahoratini shakllantirish masalasi transformativ o‘rganish nazariyasi bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi EFL sinflarida o‘quvchilarning til darajasi, motivatsiyasi, madaniy tajribasi va kommunikativ ehtiyojlari turlicha ekanligi bilan belgilanadi. Bunday sharoitda tayyor metodik qoliplarni o‘zgartirmasdan qo‘llash barcha o‘quvchilar uchun bir xil natija bermaydi. Maqolaning maqsadi - adaptive expertise tushunchasini malakaviy amaliyot kontekstida izohlash va uni rivojlantirishning pedagogik shartlarini aniqlashdir. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlarning tematik, qiyosiy va konseptual tahlil usullaridan foydalanildi. Natijalar moslashuvchan kasbiy mahorat o‘qituvchining yangi va murakkab sinf vaziyatlarida mavjud bilimlarini qayta tashkil etishi, o‘quvchilar ehtiyojiga mos metod tanlashi, o‘quv materiallarini o‘zgartirishi, muammoni dalillar asosida tahlil qilishi va pedagogik qarorlarining natijasini baholashini ko‘rsatdi. Transformativ o‘rganish esa amaliyotdagi muammoli tajribalarni tanqidiy refleksiya, mentorlik muloqoti va muqobil pedagogik yechimlarni sinash orqali kasbiy rivojlanishga aylantiradi. Maqolada autentik muammo, kuzatuv, muloqot, refleksiya va qayta amaliy sinovdan iborat integrativ model taklif etiladi. Mazkur model bo’lajak o’qituvchilarning mustaqil, refleksiv, ijodiy va vaziyatga mos o‘qituvchi sifatida shakllanishiga xizmat qilishi mumkin.References
1. Athanases, S. Z., Bennett, L. H., & Wahleithner, J. M. (2015). Adaptive teaching for English language arts: Following the pathway of classroom data in preservice teacher inquiry. Journal of Literacy Research, 47(1), 83–114. DOI: 10.1177/1086296X15590915.
2. Bransford, J. D., Darling-Hammond, L., & LePage, P. (2005). Introduction. In L. Darling-Hammond & J. Bransford (Eds.), Preparing teachers for a changing world. Jossey-Bass.
3. Ghoniem, N. M. M., & Elghotmy, H. E. A. (2020). Online transformational learning to develop Egyptian EFL prospective teachers’ pedagogical skills during COVID-19 pandemic. ERIC, ED613669.
4. Hatano, G., & Inagaki, K. (1986). Two courses of expertise. In H. Stevenson, H. Azuma, & H. Hakuta (Eds.), Child development and education in Japan. W. H. Freeman.
5. Kitchenham, A. (2008). The evolution of John Mezirow’s transformative learning theory. Journal of Transformative Education, 6(2), 104–123. DOI: 10.1177/1541344608322678.
6. Koşar, G., & Bedir, H. (2019). A comprehensive evaluation of practicum experience: From the view of preservice EFL teachers. International Online Journal of Education and Teaching, 6(4), 1001–1016.
7. Maharani, F., & Fithriani, R. (2023). Exploring challenges EFL pre-service teachers experience in teaching practicum: A transformative learning perspective. SCOPE: Journal of English Language Teaching, 7(2), 173–180. DOI: 10.30998/scope.v7i2.16305.
8. Mezirow, J. (1997). Transformative learning: Theory to practice. In P. Cranton (Ed.), Transformative learning in action. Jossey-Bass.
9. Oxford Academic. (2018). Adaptive expertise. In The Oxford handbook of expertise. Oxford University Press.
10. Tülüce, H. S., & Çeçen, S. (2016). Scrutinizing practicum for a more powerful teacher education: A longitudinal study with pre-service teachers. Educational Sciences: Theory and Practice, 16(1), 127–151. DOI: 10.12738/estp.2016.1.0207.
11. Von Esch, K. S., & Kavanagh, S. S. (2018). Preparing mainstream classroom teachers of English learner students: Grounding practice-based designs for teacher learning in theories of adaptive expertise development. Journal of Teacher Education, 69(3), 239–252. DOI: 10.1177/0022487117717467.
12. Xu, Y., & Brown, G. T. L. (2016). Teacher assessment literacy in practice: A reconceptualization. Teaching and Teacher Education, 58, 149–162. DOI: 10.1016/j.tate.2016.05.010.