Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida talabalarning soft skills kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik model ishlab chiqilgan va ilmiy asoslangan. Kommunikativ kompetentlik, jamoada ishlash, tanqidiy fikrlash, vaqtni boshqarish va moslashuvchanlik kabi soft skills turlarining tarkibiy komponentlari aniqlangan. Model maqsadli, mazmunli, texnologik va natijaviy komponentlardan iborat bo‘lib, pedagogik eksperiment orqali sinovdan o‘tkazildi. Eksperimentda 214 nafar bakalavriat talabasi ishtirok etib, nazorat va tajriba guruhlariga taqsimlandi. Tajriba guruhida faol va interfaol o‘qitish usullari, loyihaviy faoliyat, keys-stadi va treninglardan foydalanildi. Natijalar tajriba guruhi talabalarida soft skills darajasining nazorat guruhiga nisbatan statistik ahamiyatli darajada (p < 0,05) yuqori o‘sganini ko‘rsatdi. Ishning ilmiy yangiligi soft skills ni yaxlit tizim sifatida rivojlantiruvchi kompleks pedagogik modelning ishlab chiqilganligi va amaliyotda tajriba-sinovdan o‘tkazilganligidadir. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarning raqobatbardoshligini kuchaytirishda amaliy ahamiyatga ega.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. – Toshkent, 2023.
2. Ibragimov X.I., Yo‘ldoshev J.G‘. Pedagogika nazariyasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2020. – 384 b.
3. Yusupova N.T. Oliy ta’limda talabalarning kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyalari. – Toshkent: Ilm-ziyo, 2021. – 216 b.
4. Robles M.M. Executive perceptions of the top 10 soft skills needed in today's workplace // Business Communication Quarterly. – 2012. – Vol. 75, No. 4. – P. 453–465.
5. Succi C., Canovi M. Soft skills to enhance graduate employability: comparing students and employers' perceptions // Studies in Higher Education. – 2020. – Vol. 45, No. 9. – P. 1834–1847.
6. Cinque M. “Lost in translation”: soft skills development in European countries // Tuning Journal for Higher Education. – 2016. – Vol. 3, No. 2. – P. 389–427.
7. Каримов Ш.С. Педагогик технологиялар: назария ва амалиёт. – Тошкент: Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти, 2019. – 248 б.
8. Laker D.R., Powell J.L. The differences between hard and soft skills and their relative impact on training transfer // Human Resource Development Quarterly. – 2011. – Vol. 22, No. 1. – P. 111–122.
9. Azimova M.N. Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim sifatini oshirish masalalari // Pedagogika va psixologiyada innovatsiyalar. – 2022. – №3. – B. 45–52.
