Abstract
Mazkur maqolada talabalarning grafik kompetensiyalarini shakllantirishda kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishning pedagogik va metodik asoslari tadqiq etilgan. Zamonaviy oliy ta’lim jarayonida muhandislik grafikasi fanlarini o‘qitishda kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish talabalarning grafik savodxonligi, fazoviy tasavvuri, grafik tafakkuri va mustaqil amaliy faoliyatini rivojlantirishning muhim vositalaridan biri sifatida qaraladi. Tadqiqotda grafik kompetensiyaning mazmuniy tarkibi, uni shakllantirish bosqichlari, kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanishga asoslangan topshiriqlar tizimi hamda ta’lim jarayonini tashkil etishning metodik shartlari yoritilgan. Shuningdek, talabalarning grafik kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan “nazariy tushuncha – raqamli amaliy faoliyat – grafik tahlil – mustaqil topshiriq – baholash” ketma-ketligiga asoslangan metodik model taklif etilgan.References
1. UNESCO. UNESCO ICT Competency Framework for Teachers. Version 3. Paris: UNESCO, 2018.
2. Musa, S., Zain, A. M., Abdullah, S., & Kassim, K. Implementation of OBE in the Engineering Graphics Course and Analysis of Academic Performance. Procedia – Social and Behavioral Sciences, 60, 184–188, 2012.
3. Evaluation of the Engineering Graphics Course Outcomes using Multi-Choice Questions. Procedia – Social and Behavioral Sciences, 60, 189–195, 2012.
4. Begijonov M. Sh., Raimova M. Methods of Improving the Methodology of Developing Students’ Competences in Teaching Engineering Graphics. International Journal of Pedagogics, 2025.
5. Abdurakhimova F. A. Features and Analysis of Teaching Engineering and Computer Graphics Using the AutoCAD Program. EduVision: Journal of Innovations in Pedagogy and Educational Advancements, Vol. 1, No. 4, 2025.
6. Umarova D. S. Application of CAD Technologies in Engineering Graphics Training of Students in Technical Specialties. Web of Discoveries: Journal of Analysis and Inventions, 4(6), 40–43, 2026.
7. Boriboyeva D. Development of Students’ Graphic Competence in Training Engineering Graphics. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2023.
8. Gulyamov K. M., Arziqulov H. N. Computer Graphics as a Means of Forming Students’ Professional Competencies. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(6), 104–108, 2021.
9. Cobos-Moyano A., Martín-Blas T., Oñate-Gómez C. Evaluating Background and Prior Knowledge: A Case Study on Engineering Graphics Learning. Computers & Education, 53(3), 695–700, 2009.
10. Xamidov D. O. Developing Students’ Professional and Creative Competencies through the Use of AutoCAD in Engineering and Computer Graphics. SHOKH LIBRARY, 2025.