Abstract
Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning kreativ kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil etilgan. Maktabgacha yosh davrida bolaning ijodiy fikrlashi, mustaqil qaror qabul qilishi, muammoli vaziyatlarga turli yechimlar topishi va o‘z fikrini erkin ifodalashi uning keyingi ta’lim faoliyati uchun muhim omil hisoblanadi. Tadqiqotda kreativ kompetensiyaning mazmun-mohiyati, uni shakllantirishning pedagogik shart- sharoitlari hamda samarali metod va vositalari yoritilgan. Shuningdek, rivojlantiruvchi ta’lim muhiti, didaktik va ijodiy o‘yinlar, muammoli vaziyatlar, loyihaviy faoliyat hamda bolaning mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etishning ahamiyati asoslangan. Maqolada maktabgacha ta’lim pedagogining kreativ kompetensiyalarni rivojlantirish jarayonidagi roli ham ilmiy jihatdan tahlil qilingan.References
1. Выготский Л.С. Воображение и творчество в детском возрасте. - Москва: Просвещение, 1991.
2. Выготский Л.С. Психология развития ребёнка. - Москва: Эксмо, 2004.
3. Леонтьев А.Н. Деятельность. Сознание. Личность. - Москва: Смысл, 2005.
4. Поддьяков Н.Н. Мышление дошкольника. - Москва: Педагогика, 1977.
5. Михайленко Н.Я., Короткова Н.А. Как играть с ребёнком. - Москва: Образовательный проект, 2012.
6. O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasiga oid normativ- huquqiy hujjatlar.
7. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid ilmiy-metodik manbalar.