Abstract
Ushbu maqolada qog‘ozchilikning shakllanishi va qadimgi Sharq, xususan, Xitoy hamda Markaziy Osiyo hududlaridagi dastlabki rivojlanish jarayonlari tarixiy-arxeologik jihatdan tahlil qilinadi. Qog‘ozning kelib chiqishi uzoq vaqt davomida milodiy 105-yilda Xitoy saroy amaldori Kay Lun tomonidan ixtiro qilinganligi haqidagi an’anaviy qarash bilan izohlangan. Biroq arxeologik topilmalar qog‘ozga o‘xshash materiallardan foydalanish Kay Lun faoliyatidan bir necha asr avval ham mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tadqiqotda Fangmatan yodgorligidan aniqlangan qog‘oz namunasi, uning xronologik o‘rni, dastlabki qog‘oz tayyorlashda qo‘llanilgan xomashyo va texnologik jarayonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, qog‘ozchilik texnologiyasining Xitoydan Markaziy Osiyoga tarqalishida savdo, hunarmandchilik va madaniy aloqalarning o‘rni hamda Samarqandning o‘rta asrlardagi qog‘ozchilik markazi sifatidagi mavqei yoritiladi. Tadqiqot natijasida qog‘ozchilikning shakllanishini yagona sana yoki tarixiy shaxs faoliyati bilan izohlashdan ko‘ra, uning bosqichma-bosqich texnologik takomillashuv jarayoni sifatida o‘rganish ilmiy jihatdan asosliroq ekanligi ko‘rsatildi.References
1. Tsien, Tsuen-Hsuin; Needham, Joseph. Science and Civilisation in China. Vol. 5, Chemistry and Chemical Technology. Part 1: Paper and Printing. Cambridge: Cambridge University Press, 1985. — 504 p.
2. University Oxford. (n.d.). Origins Paper. Cabinet. https://www.cabinet.ox.ac.uk/origins-paper
3. Helman-Wazny, Agnieszka.“More than meets the eye: Fibre and Paper Analysis of the Chinese Manuscripts from the Silk Roads.”STAR: Science & Technology of Archaeological Research, Vol. 2016. 55-68 https://doi.org/10.1080/20548923.2016.1254640
4. Helman-Wazny, Agnieszka. “Notes on the early history of paper in Central Asia based on material evidence.” Z Badań nad Książką i Księgozbiorami Historycznymi, 2020. pp. – 1-18 https://doi.org/10.33077/uw.25448730.zbkh.2020.628
5. Li Xiaocen. “甘肃汉代悬泉置遗址出土古纸的考察和分析” Guangxi Minzu University Journal, 2010, №4, pp. 7–16.
6. Bloom, Jonathan M. Paper Before Print: The History and Impact of Paper in the Islamic World. New Haven: Yale University Press, 2001.
7. Hunter, Dard. Papermaking: The History and Technique of an Ancient Craft. 2nd ed. New York: Alfred A. Knopf, 1947.
8. Li Xiaocen, Wang Hui, He Chaohai. “The Era and Relevant Problems on Ancient Paper Unearthed in Xuanquan Site, Gansu” Studies in the History of Natural ciences, No. 3, 2012.
