Abstract
Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida COVID-19 pandemiyasi davrida sog‘liqni saqlash tizimida yuz bergan jarayonlar tarixiy nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda pandemiyaning viloyat hududiga kirib kelishi, karantin va sanitariya- epidemiologik tadbirlarning tashkil etilishi, tibbiyot muassasalarining faoliyati, tibbiyot xodimlarining pandemiyaga qarshi kurashdagi ishtiroki, aholining tibbiy nazorat va vaksinatsiya bilan qamrab olinishi masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, COVID-19 pandemiyasi davrida Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash tizimida yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar tahlil qilinadi. Maqolada pandemiya hudud sog‘liqni saqlash tizimining tashkiliy, moddiy-texnik va epidemiologik imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazgan tarixiy jarayon sifatida baholanadi.References
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 176-son “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining pandemiyaga qarshi kurash va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish bo‘yicha materiallari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati materiallari. COVID-19 tarqalishi bo‘yicha hududiy statistik ma’lumotlar.
4. Qashqadaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi materiallari. COVID-19 davridagi karantin va epidemiologik tadbirlar.
5. Kitobdagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida koronavirus yuqtirgan bemorlar davolanayotgani aytildi // Kun.uz. 28.07.2021.
6. Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishiga oid rasmiy materiallar // O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rasmiy veb-sayti.
7. Ochilova, O. (2026). Policy of Persecution Against Representatives of Folk Medicine in the Soviet Period. Global Conference on Medical and Health Sciences, 1(6), 414–418.