Abstract
Tadqiqotning maqsadi eksperimental gipertenziya sharoitida glitsirrizin kislotasi monokaliyli tuzining naringenin va apigenin bilan 4:1 nisbatdagi komplekslarini, shuningdek, Phlomoides isochila va Pyrus pyraster mevalari ekstraktlarini yuborgandan so‘ng sistolik va diastolik arterial bosim o‘zgarishlarini qiyosiy baholashdan iborat edi. Tadqiqotlar og‘irligi 190–200 g bo‘lgan oq laboratoriya kalamushlarida o‘tkazildi. Eksperimental gipertenziya 0,25 mg/kg dozada adrenalin gidroxlorid yuborish orqali modellashtirildi. Arterial bosim tekshirilayotgan namunalar yuborilishidan oldin hamda yuborilgandan so‘ng 1, 2, 3 va 4 soat o‘tgach, noinvaziv Tail Cuff usuli yordamida qayd etildi. Komplekslar va ekstraktlar 20, 40 va 60 mg/kg dozalarda o‘rganildi; har bir tajriba guruhi 4 ta hayvondan iborat edi. Uchinchi soatga kelib, SAB va DABning eng past qiymatlari GKMT:naringenin kompleksi uchun 40 mg/kg, GKMT:apigenin kompleksi uchun 20 mg/kg, ikkala o‘simlik ekstrakti uchun esa 60 mg/kg dozada qayd etildi. Komplekslar dozasining oshirilishi ta’sirning izchil kuchayishiga olib kelmadi. Qo‘llanilgan statistik tahlil natijasida aniqlangan o‘zgarishlar statistik ahamiyatga erishmadi (p>0,05). Olingan ma’lumotlarni kengaytirilgan tajriba guruhlarida keyinchalik tekshirish uchun doza diapazonlarini aniqlash imkonini beruvchi dastlabki tendensiyalar sifatida ko‘rib chiqish lozim.References
1. Maaliki D., Shaito A.A., Pintus G. et al. Flavonoids in hypertension: a brief review of the underlying mechanisms // Current Opinion in Pharmacology. – 2019. – Vol. 45. – P. 57–65. – DOI: 10.1016/j.coph.2019.04.014.
2. Liu H., Zhao H., Che J., Yao W. Naringenin protects against hypertension by regulating lipid disorder and oxidative stress in a rat model // Kidney and Blood Pressure Research. – 2022. – Vol. 47. – No. 6. – P. 423–432. – DOI: 10.1159/000524172.
3. Dada A., da Silva R.C.V., Zanovello M. et al. Cardiovascular and renal outcomes following repeated naringenin exposure in normotensive and hypertensive rats // Pharmaceuticals. – 2025. – Vol. 18. – No. 6. – Art. 873. – DOI: 10.3390/ph18060873.
4. Clayton Z.S., Hutton D.A., Brunt V.E. et al. Apigenin restores endothelial function by ameliorating oxidative stress, reverses aortic stiffening, and mitigates vascular inflammation with aging // American Journal of Physiology–Heart and Circulatory Physiology. – 2021. – Vol. 321. – No. 1. – P. H185–H196. – DOI: 10.1152/ajpheart.00118.2021.
5. Xu Y., Wang N., Tan H.Y., Li S., Zhang C., Feng Y. Protective roles of apigenin against cardiometabolic diseases: a systematic review // Frontiers in Nutrition. – 2022. – Vol. 9. – Art. 875826. – DOI: 10.3389/fnut.2022.875826.
6. Hęś M., Antkowiak W., Stuper-Szablewska K., Dziedzic K., Jessa M., Ratajczak P. Assessment of the antioxidative properties of extracts from the fruits of Pyrus pyraster (L.) Burgsd and Pyrus ×myloslavensis Czarna & Antkowiak grown under natural environmental conditions // Agriculture. – 2024. – Vol. 14. – No. 10. – Art. 1790. – DOI: 10.3390/agriculture14101790.
7. Xasanova D., Xayitbayev A., Bakiyeva M., Qo‘chqarova T. Phlomoides isochila ekstraktining izolatsiyalangan aorta silliq muskullariga vazorelaksant ta’siri // ACTA NUUz. – 2026. – Vol. 3. – No. 3.1. – P. 185–187. – DOI: 10.69617/nuuz.v3i3.1.11304.
8. Сидехменова А.В., Алиев О.И., Анищенко А.М., Шаманаев А.Ю., Федорова Е.П. Тромбоциты у крыс линии SHR в различные периоды формирования артериальной гипертензии // Фундаментальные исследования. – 2015. – № 1-7. – С. 1439–1442.
9. Шаманаев А.Ю., Алиев О.И., Анищенко А.М., Сидехменова А.В., Плотников М.Б. Показатели сердечной деятельности у крыс линии SHR до и после установления стабильно высокого артериального давления // Международный журнал прикладных и фундаментальных исследований. – 2016. – № 4-6. – С. 1115–1118.
10. Степанова Э.Ф., Крикова А.В., Микаэлян А.С., Гончарова В.В., Корочинский А.В. Влияние суммарных фракций череды трехраздельной на гемодинамику нормотензивных крыс // Современные проблемы науки и образования. – 2006. – № 2. – С. 105–107.
11. Чуян Е.Н., Миронюк И.С., Бирюкова Е.А., Придатко А.И., Гришина Т.В., Раваева М.Ю., Черетаев И.В., Асанова Э.Р., Асанова А.Р. Показатели сердечно-сосудистой системы крыс при действии ацетилсалициловой кислоты и ее комплексных соединений с металлами // Ученые записки Крымского федерального университета имени В.И. Вернадского. Биология. Химия. – 2021. – Т. 7 (73). – № 3. – С. 271–288