ISHQORLAR BILAN MODIFIKATSIYALANGAN BENTONIT ASOSIDA 2,2-DIXLORPROPANDAN ATSETON OLISH
PDF

Keywords

2
2-dixlorpropan
atseton
modifikatsiyasiyalangan bentonit
kalsiy oksid
geterogen kataliz
bug‘ fazali reaksiya.

How to Cite

ISHQORLAR BILAN MODIFIKATSIYALANGAN BENTONIT ASOSIDA 2,2-DIXLORPROPANDAN ATSETON OLISH. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 1770-1775. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.227

Abstract

Ushbu maqolada polivinilxlorid ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan xlorlangan chiqindilar tarkibidagi 2,2-dixlorpropandan atseton olish jarayoni tadqiq etilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi 2,2-dixlorpropanning ishqoriy muhitda atsetonga aylanish sharoitlarini aniqlash hamda NaOH, KOH, Ca(OH)₂ va Ca(OH)₂ bilan modifikatsiyalangan bentonit asosidagi materiallarning jarayon samaradorligiga ta’sirini baholashdan iborat. Tajribalar laboratoriya sharoitida turli ishqor konsentratsiyasi, harorat va reaksiya davomiyligida olib borildi. Olingan natijalar KOH va NaOH ishtirokida atseton hosil bo‘lish unumi mos ravishda 85–95% va 75–88% oralig‘ida ekanligini ko‘rsatdi. Ca(OH)₂ qo‘llanilganda unum 60–70% ni tashkil etdi. Ca(OH)₂ ning bentonit bilan modifikatsiyalangan shaklidan foydalanilganda esa atseton hosil bo‘lish unumi 75–85% gacha oshdi. Bug‘ fazali jarayon uchun 150–200°C harorat oralig‘i samarali sharoit sifatida aniqlandi. Tadqiqot natijalari PVX ishlab chiqarish chiqindilarini ikkilamchi xom ashyo sifatida qayta ishlash, atseton olish jarayonida qattiq fazali materiallardan foydalanish va chiqindilar miqdorini kamaytirish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Taklif etilayotgan yondashuv resurslardan samarali foydalanish va xlorlangan ishlab chiqarish chiqindilarini qayta ishlashga yo‘naltirilgan ekologik texnologiyalarni rivojlantirish uchun amaliy ahamiyatga ega.
PDF

References

1. Weber, M., Pompetzki, W., Bonmann, R., Weber, M. (2014). Acetone. Ullmann's Encyclopedia of Industrial Chemistry, pp. 1–19.

2. Smith, M. B., March, J. (2007). March’s Advanced Organic Chemistry: Reactions, Mechanisms, and Structure (6th ed.). Wiley. pp. 452–453

3. Jiang, X., Zhu, B., Zhu, M. (2023). An overview on the recycling of waste poly(vinyl chloride). Green Chemistry. pp. 6971–7025.

4. Xalibekova A., Vapoyev H. “Polivinilxlorid ishlab chiqarish chiqindilari tarkibidagi 2,2-dixlorpropandan atseton olish usuli” Development of science (2025/10) Issue 10.Volume 4.