Abstract
Mazkur tadqiqotda Markaziy Farg‘ona hududidagi gidromorf va yarim gidromorf tuproqlarda temir (Fe) elementining pedobiogeokimyoviy holati, uning tuproq profilida taqsimlanish qonuniyatlari hamda mikroelementlar migratsiyasidagi roli ifodalangan. Tadqiqotlar neytron-aktivatsion tahlil natijalariga ko‘ra amalga oshirildi. Olingan natijalarga ko‘ra, Markaziy Farg‘ona botqoq sho’rxoklarida temir miqdori 12,8-22,0 g/kg oralig‘ida o‘zgarib, o‘rtacha qiymat 16,8 g/kg ni tashkil etdi. Temirning profil bo‘yicha taqsimlanishida gidromorf sharoit, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari va suv rejimining ta’siri ochib berildi. Eng yuqori Fe miqdori 44-60 sm qatlamda (22,0 g/kg), eng past qiymat esa 20-100 sm qatlamda (12,8 g/kg) qayd etildi. Statistik tahlil natijalari Fe miqdorining o‘rtacha variabelligini (V=20,8 %) ko‘rsatdi. Korrelatsion tahlil natijasida temirning Zn bilan (r = 0,9), Mn (r = 0,9), Ni (r = 0,7) va Co (r = 0,6) elementlari bilan ijobiy bog‘liqligi, Mo bilan esa zaif salbiy bog‘liqligi (r = -0,4) aniqlandi. Olingan natijalar temir oksidlari gidromorf tuproqlarda mikroelementlarning migratsiyasi va akkumulyatsiyasini boshqaruvchi asosiy geokimyoviy to‘siq vazifasini bajarishi mumkinligini ko‘rsatdi. Olingan natijalar Markaziy Farg‘ona tuproqlarining geokimyoviy holatini baholash, meliorativ tadbirlarni takomillashtirish va tuproq resurslaridan barqaror foydalanish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.References
1. IUSS Working Group WRB. (2022). World Reference Base for Soil Resources: International soil classification system for naming soils and creating legends for soil maps (4th ed.). International Union of Soil Sciences (IUSS), Austria.
2. Докучаев В.В. Российский чернозем: Доклад Вольному экономическому обществу. Санкт-Петербург.
3. Роде A. A. (1971). Основы почвоведения: Почвообразование и география почв. Mocква: Наука.
4. Гедройц K. K. (1927). Химический анализ почвы. Mocква.
5. Перельман А. И. (1975). Геохимия ландшафта. Mocква: Высшая школа
6. Глазовская M. A. (1988). Геохимия природных и техногенных ландшафтов. Mocква: Высшая школа.
7. Kabata-Pendias, A. (2011). Trace Elements in Soils and Plants (4th ed.). CRC Press, Boca Raton, Florida.
8. Hengl, T., Mendes de Jesus, J., Heuvelink, G. B. M., et al. (2017). SoilGrids250m: Global gridded soil information based on machine learning. PLoS ONE, 12(2), e0169748. https://doi.org/10.1371/journal.pone.0169748
9. Cornell, R. M., & Schwertmann, U. (2003). The Iron Oxides: Structure, Properties, Reactions, Occurrences and Uses (2nd ed.). Wiley-VCH, Weinheim, Germany.
10. Lindsay, W. L. (1979). Chemical Equilibria in Soils. John Wiley & Sons, New York.
11. Панкова Е.И. (2006). Почвы Центральной Азии: Проблемы генезиса, географии и засолении. Moсква: Наука.
12. Fiedler, S., Vepraskas, M. J., & Richardson, J. L. (2007). Soil redox potential and its impact on iron and manganese dynamics in hydromorphic soils. Advances in Agronomy,
13. Alloway, B. J. (2013). Heavy Metals in Soils: Trace Metals and Metalloids in Soils and their Bioavailability (3rd ed.). Springer, Dordrecht.
14. Turdaliyev A., Yuldashev G ‘. Pedolitli tuproqlar geokimyosi Toshkent-2015.