1968-2023-YILLARDA LEONURUS L. TURKUMIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI: SCOPUS BAZASI ASOSIDAGI BIBLIOMETRIK TAHLIL
PDF

Keywords

Leonurus L.
arslonquloq
bibliometriya
Scopus
dorivor o‘simliklar
Lamiaceae oilasi.

How to Cite

1968-2023-YILLARDA LEONURUS L. TURKUMIGA OID ILMIY TADQIQOTLARNING RIVOJLANISH DINAMIKASI: SCOPUS BAZASI ASOSIDAGI BIBLIOMETRIK TAHLIL. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 1691-1696. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.217

Abstract

Ushbu maqolada Leonurus L. turkumiga oid jahon ilmiy adabiyotlarining Scopus ma’lumotlar bazasi orqali bibliometrik tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqot 1968-yildan 2023-yilgacha bo‘lgan yarim asrlik davrni qamrab oladi. Aniqlanishicha, ushbu davr mobaynida dunyoning 36 mamlakatidan bo‘lgan 160 nafar muallif tomonidan jami 183 ta ilmiy ish e’lon qilingan. 1968-2002-yillar oralig‘ida nashrlar deyarli yakka-yakka holda uchragan bo‘lsa, 2003-yildan boshlab turkumga bo‘lgan ilmiy e’tibor sezilarli tarzda ortib borgan va 2022-yilda o‘zining eng yuqori ko‘rsatkichiga - 24 ta maqola (jami hajmning 14,72 foizi) - yetgan. 2008–2023-yillarda esa 163 ta ish chop etilgan bo‘lib, bu yarim asrlik umumiy nashrlarning 89 foizini tashkil etadi. Tekshirilgan maqolalar jami 144 ta jurnalda, 36 mamlakat kesimida joylashtirilgan. Nashr faolligi ko‘rsatkichi bo‘yicha Xitoy sezilarli farq bilan yetakchilik qiladi (74 ta maqola; 45,40%), undan so‘ng Rossiya (27 ta; 16,54%) va AQSh (11 ta; 6,75%) joylashgan. Tadqiqotda, shuningdek, eng faol o‘nta jurnal, iqtibos ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ishlar va yetakchi mualliflarga oid ma’lumotlar ham keltirilgan.
PDF

References

1. Harley R.M., Atkins S., Budantsev A.L. et al. Labiatae. In: Kadereit J.W. (ed.) Flowering Plants. Dicotyledons. Vol. 7. - Berlin: Springer, 2004. - P. 167–275. DOI: 10.1007/978-3-642-18617-2_11

2. Arabova N.Z. Features of expansion of species of Lamiaceae family in the nature of Uzbekistan // Austrian Journal of Technical and Natural Sciences. - 2019. -№ 1-2. - P. 6-9.

3. Li B., Olmstead R.G. Two new subfamilies in Lamiaceae // Phytotaxa. - 2017. - 313

4. Huang Z., Zhu Z.X., Li Y.T. et al. Anti-inflammatory Labdane Diterpenoids from Leonurus macranthus // Nat. J. Prod. - 2015. - Vol. 78. - P. 2276–2285.

5. Tulaganova M. Conspectus Florae Asiae Mediae. - Tashkent: Academy of Sciences of UzSSR, 1987. - P. 118-119.

6. Erdtman G. Pollen morphology and plant taxonomy. IV. Labiatae, Verbenaceae // Svensk Bot. Tidskr. - 1945. - Vol. 39. - P. 277-285.

7. Tachjian A., Maria V., Jahangir A. Use of Herbal Products and Potential Interactions in Patients With Cardiovascular Diseases // J. Am. Coll. Cardiol. - 2010. - P. 6-9.

8. Schmidt S. et al. Extracts from Leonurus sibiricus L. increase insulin secretion // J. Ethnopharmacol. -2013. Vol. 150. - P. 85-94. DOI: 10.1016/j.jep.2013.08.013

9. Zhang R.H., Liu Z.K., Yang D.S. et al. Phytochemistry and pharmacology of the genus Leonurus // Phytochemistry. -2018. -P. 147-167.

10. Arabova N.Z., Bahodirova G.I. An Analysis of a Half-Century Scientific Papers on Leonurus L. Genus in the Scopus Database (1968–2023) // European Science Review. -2024. -№ 3-4. - P. 3-12. DOI: 10.29013/ESR-24-3.4-3-12.