Abstract
Mazkur tadqiqotda 2023–2025-yillarda unabi (Ziziphus jujuba Mill.) navlarini “Melkoplodniy kisliy 1” va Ziziphus acidojujuba payvandtaglarida yetishtirishda turli mineral o‘g‘itlash me’yorlarining iqtisodiy samaradorligi baholandi. Tajribada o‘g‘itlanmagan nazorat hamda N₆₀P₃₀K₁₅, N₁₂₀P₉₀K₃₀, N₁₆₀P₁₂₀K₄₀ va N₂₀₀P₁₅₀K₅₀ variantlari qiyoslandi. Hisob-kitoblar qo‘shimcha xarajat–qo‘shimcha daromad usulida amalga oshirildi. Har ikkala payvandtagda ham eng yuqori iqtisodiy natija N₁₆₀P₁₂₀K₄₀ me’yorida qayd etildi. “Melkoplodniy kisliy 1” payvandtagida ushbu variant 32,12 mln so‘m/ga qo‘shimcha sof daromad va 215,6% rentabellikni, Z. acidojujuba payvandtagida esa 25,36 mln so‘m/ga va 195,0% rentabellikni ta’minladi. O‘g‘it me’yorini N₂₀₀P₁₅₀K₅₀ gacha oshirish hosildorlik va iqtisodiy qaytimning pasayishiga olib keldi.References
1. Gao Q.H., Wu C.S., Wang M. The jujube (Ziziphus jujuba Mill.) fruit: a review of current knowledge of fruit composition and health benefits // Journal of Agricultural and Food Chemistry. — 2013. — Vol. 61, No. 14. — P. 3351–3363.
2. Chen B., Sheng J., Li J., Wang Z., Jiang P. Study on NPK absorption and accumulation in Ziziphus jujuba tree // Journal of Plant Nutrition and Fertilizers. — 2011. — Vol. 17, No. 2. — P. 445–450. DOI: 10.11674/zwyf.2011.0314.
3. Liu X., Wang W., Xu F., Liu Q. Effects and models of N, P, K fertilization for Ziziphus jujuba cv. Lizao trees in Loess Hilly Region // Scientia Silvae Sinicae. — 2013. — Vol. 49, No. 2. — P. 21–26. DOI: 10.11707/j.1001-7488.20130204.
4. Wang B.N. et al. Yields, phenolic profiles and antioxidant activities of Ziziphus jujuba Mill. in response to different fertilization treatments // Molecules. — 2013. — Vol. 18. — P. 12029–12040.
5. Maintaining yield while enhancing fruit quality and economic returns through deficit irrigation and potassium optimization in jujube (Ziziphus jujuba Mill.) // Agriculture. — 2026. — Vol. 16, No.6. — Article 655.