Abstract
Ushbu maqolada Glycyrrhiza glabra L. tarkibidagi glitsirrizin kislotasi tuzlarining gemostaz va fibrinoliz jarayonlari bilan bog‘liq biologik xususiyatlari tahlil qilindi. Glitsirrizin o‘simlik kelib chiqishiga ega triterpen saponin bo‘lib, uning trombin faoliyatiga ta’siri eksperimental tadqiqotlarda aniqlangan. Tadqiqotlarda glitsirrizin plazmaning qayta kalsifikatsiyalanish vaqtini hamda trombin va fibrinogenning ivish vaqtini uzaytirgani ko‘rsatilgan. Shuningdek, glitsirrizin trombin tomonidan chaqiriladigan trombotsitlar agregatsiyasini ingibitsiya qilgan. Ushbu ta’sir trombin molekulasining anion- bog‘lovchi ekzozit 1 sohasi bilan o‘zaro ta’siri bilan bog‘langan. In vivo tajribalarda glitsirrizin kalamushlarda eksperimental tromboz hosil bo‘lishini kamaytirgani va APTT ko‘rsatkichini oshirgani aniqlangan. Mazkur natijalar glitsirrizin kislotasi birikmalarining gemostaz tizimiga biologik ta’siri mavjudligini ko‘rsatadi. Biroq glitsirrizin kislotasi tuzlarining fibrinoliz jarayoniga bevosita ta’sirini baholash uchun maxsus fibrinoliz testlari asosidagi qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.References
1. Francischetti I.M.B., Monteiro R.Q., Guimarães J.A. Identification of glycyrrhizin as a thrombin inhibitor. // Biochemical and Biophysical Research Communications. – 1997. – Vol. 235, No. 1. – P. 259–263. – DOI: 10.1006/bbrc.1997.6735.
2. Mendes-Silva W., Assafim M., Ruta B., Monteiro R.Q., Guimarães J.A., Zingali R.B. Antithrombotic effect of glycyrrhizin, a plant-derived thrombin inhibitor. // Thrombosis Research. – 2003. – Vol. 112, No. 1–2. – P. 93–98. – DOI: 10.1016/j.thromres.2003.10.014.
3. Assafim M., Ferreira M.S., Frattani F.S., Guimarães J.A., Monteiro R.Q., Zingali R.B. Counteracting effect of glycyrrhizin on the hemostatic abnormalities induced by Bothrops jararaca snake venom. // British Journal of Pharmacology. – 2006. – Vol. 148, No. 6. – P. 807–813. – DOI: 10.1038/sj.bjp.0706786.