Abstract
Mazkur tadqiqot ishida “As-Capsipol” oziq-ovqat qo‘shimchasi tarkibidagi askorbin kislotasi (vitamin C) miqdori yuqori samarali suyuqlik xromatografiyasi (YuSSX) usuli yordamida aniqlangan. Tadqiqot jarayonida standart modda sifatida L-askorbin kislotasi qo‘llanilib, namuna ekstrakti kislotali muhitda ultratovush yordamida ekstraksiya qilindi. Xromatografik tahlil Shimadzu kompaniyasining LC-40 Nexera Lite yuqori samarali suyuqlik xromatografi yordamida amalga oshirildi. Olingan natijalar asosida askorbin kislotaning retensiya vaqti, pik maydoni, pik balandligi hamda konsentratsiya ko‘rsatkichlari hisoblab chiqildi. Tahlil natijalariga ko‘ra vitamin C ning retensiya vaqti o‘rtacha 4,162 minutni tashkil etib, analizlar yuqori takrorlanuvchanlikka ega ekanligi aniqlandi. “As-Capsipol” oziq-ovqat qo‘shimchasida askorbin kislotaning miqdori 0,445–0,468 mg/l oralig‘ida aniqlanib, o‘rtacha 0,460 mg/l ni tashkil etdi. Olingan natijalar YuSSX usulining vitamin C ni aniqlashda yuqori aniqlik va selektivlikka ega bo‘lgan samarali analitik metod ekanligini ko‘rsatdi.
References
1. Klimczak I., Gliszczynska-Swigło A. Comparison of UPLC and HPLC methods for determination of vitamin C in food products // Food Chemistry. – 2015. – Vol. 175. – P. 100–105.
2. Ahmida M.H.S. Determination of ascorbic acid in vitamin C tablets by high-performance liquid chromatography // Asian Journal of Chemistry. – 2010. – Vol. 22. – P. 6463–6467.
3. Rodriguez-Bernaldo de Quiros A., Fernandez-Arias M., Lopez-Hernandez J. Determination of ascorbic acid in food products by HPLC // Food Chemistry. – 2009. – Vol. 116. – P. 509–512.
4. Spinola V., Llorent-Martinez E., Castilho P. Determination of vitamin C in foods: current state of analytical methods // Journal of Chromatography A. – 2014. – Vol. 1369. – P. 2–17.
5. Arya S., Mahajan M., Jain P. Non-spectrophotometric methods for the determination of vitamin C // Analytical Chemistry. – 2017. – Vol. 89. – P. 123–129.
6. Asqarov, I. R., Abdullayev, S.S. o‘g‘li, Mamatqulova, S.A., Abdulloyev, O.S., & Abdulloyev, S.X. (2024). Suvda eruvchan vitaminlar miqdorini yussx usulida aniqlash metodikasini ishlab chiqish (Chilonjiyda misolida). Farg‘ona davlat universiteti, 30 (5), 61.
7. Asqarov I.R., Abdullayev Sh.Sh., Mamatqulova S.A., Abdulloyev O.Sh., Abdulloyev Sh.X. (2024). Development of a methodology for determining the amount of water-soluble vitamins using the YSSX method (case study of Jujube). -FarDU. Ilmiy xabarlar –Scientific journal of the Fergana State University.- Volume 30 Issue 5. - 32-38 pp. DOI:10.56292/SJFSU/vol30_iss5/a61.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.