ORGANIK MODIFIKATORLAR ASOSIDA OLTINGUGURTLI BETON OLINISHI VA TADQIQOTI
PDF

Keywords

oltingugurtli beton
anilin gidroxlorid
organik modifikator
FTIR spektroskopiya
TG/DTA
termik barqarorlik
silikat
mineral to‘ldiruvchi
oltingugurt
kompozit material.

How to Cite

ORGANIK MODIFIKATORLAR ASOSIDA OLTINGUGURTLI BETON OLINISHI VA TADQIQOTI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 987-993. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.130

Abstract

Ushbu tadqiqotda sintez qilingan kompozitning tarkibiy va termik xususiyatlari Furye-transformatsion infraqizil (FTIR) spektroskopiya hamda birgalikdagi termogravimetrik/differensial termik tahlil (TG/DTA) usullari yordamida tadqiq qilindi. FTIR spektrida N–H va O–H valent tebranishlari, aromatik halqaning skelet tebranishlari, C– N tebranishlari hamda Si–O–Si/Si–O valent tebranishlariga xos yutilish sohalari aniqlandi. 1541–1500 cm⁻¹ diapazondagi yutilishlar asosan organik modifikator tarkibidagi aromatik halqa tebranishlari bilan, 1174–1029 cm⁻¹ diapazondagi intensiv yutilishlar esa qum va kuldan kelib chiqqan silikat komponentlari bilan bog‘landi. TG/DTA natijalari kompozitning ko‘p bosqichli termik xususiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Taxminan 122.38 °C da kuzatilgan termik effekt elementar oltingugurtning erishi bilan bog‘landi. Asosiy massa yo‘qotilishi taxminan 200–321 °C oralig‘ida sodir bo‘lib, massa yo‘qotilishi 8.752 mg (33.954%) ni tashkil etdi va DTA egri chizig‘ining maksimumi 304.38 °C da kuzatildi. Ushbu bosqich asosan organik modifikator va kompozit tarkibidagi boshqa termik jihatdan beqaror komponentlarning parchalanishi bilan izohlandi. 321 °C dan yuqori haroratlarda 800 °C gacha massa kamayishining bosqichma-bosqich davom etishi qoldiq organik va oltingugurt saqlovchi komponentlarning parchalanishini ko‘rsatdi.
PDF

References

1. Shin, Myoungsu & Kim, Kyuhun & Gwon, Seongwoo & Cha, Soowon. Durability of sustainable sulfur concrete with fly ash and recycled aggregate against chemical and weathering environments. Construction and Building Materials. 69. 2014.167–176. DOI:10.1016/j.conbuildmat.2014.07.061

2. Milica M. Vlahovic, Sanja P. Martinovic, Tamara Dj. Boljanac, Predrag B. Jovanic, Tatjana D. Volkov-Husovic,Durability of sulfur concrete in various aggressive environments, Construction and Building Materials, Volume 25, 10, 2011, 3926-3934, https://doi.org/10.1016/j.conbuildmat.2011.04.024.

3. Khademi, A., Sar, H.,

2015. Comparison of sulfur concrete, cement concrete and cement-sulfur concrete and their properties and application. Curr. World Environ. 10, 201 e 207. https://doi.org/10.12944/CWE.10.Special-Issue1.26.

4. Mohamed, A.-M.O., Gamal, M. El,

2009. Hydro-mechanical behavior of a newly developed sulfur polymer concrete. Cement Concr. Compos. 31, 186 e 194. https://doi.org/10.1016/j.cemconcomp.2008.12.006.

5. Sabour, M., Dezvareh, G., Bazzazzadeh, R.,

2019. Corrosion prediction using the weight loss model in the sewer pipes made from sulfur and cement concretes and Response Surface Methodology (RSM). Construct. Build. Mater. 199, 40 e 49. https://doi.org/10.1016/j.conbuildmat.2018.11.283

6. Dugarte, M., Martinez-Arguelles, G., Torres, J.,

2018. Experimental evaluation of modified sulfur concrete for achieving sustainability in industry applications. Sustainability 11, 70. https://doi.org/10.3390/su11010070

7. Szajerski, P.,

2020. Distribution of uranium and thorium chains radionuclides in different fractions of phosphogypsum grains. Environ. Sci. Pollut. Res. 27, 15856 e 15868. https://link.springer.com/article/10.1007/s11356-020-08090-y

8. Amanova N.D., Makhmudova Y.A., Berdiyeva N.Y., Boronova F.F., Ishmukhamedova M. Production of sustainable sulfur concrete based on organic modifiers. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Year: 2023 Issue: 05 Volume: 121