SIRDARYO SHAROITIDA ZA’FARON (CROCUS SATIVUS L.) NING ONTOGENEZ DAVRLARI TAVSIFI
PDF

Keywords

Crocus sativus
za’faron
ontogenez
fenologik fazalar
Sirdaryo
tugunakpiyoz
unib chiqish
gullash
tinim davr.

How to Cite

SIRDARYO SHAROITIDA ZA’FARON (CROCUS SATIVUS L.) NING ONTOGENEZ DAVRLARI TAVSIFI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 593-598. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i09.077

Abstract

Sirdaryo viloyati sharoitida za’faron (Crocus sativus L.) o‘simligining ontogenez davrlari birinchi marta dala tajribasi asosida bosqichma-bosqich tavsiflangan. Diametri 3–5 sm bo‘lgan tugunakpiyozlar 2025-yil 21-avgustda 15 sm chuqurlikda, qatorlar orasi 60 sm, qator ichida 15–17 sm masofada ekildi. Fenologik kuzatuvlar natijasida unib chiqishning boshlanishi (18.09), yalpi unib chiqish (20.09) va to‘liq unib chiqish (23.09) sanalari, faol vegetatsiya davri (05–10.10), gullashning boshlanish (12.10) va tugash (05.11) sanalari hamda barglarning to‘liq qurish davri (05–15.05.2026) aniqlandi. Olingan natijalar mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlari za’faronning to‘liq rivojlanish siklini ta’minlashini, shu bilan birga fenofazalar sanalari boshqa mintaqalarda (Kashmir, Ispaniya, O‘rta Osiyo) olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan farqlanishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari Sirdaryo viloyati sharoitida za’faron yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish uchun ilmiy asos bo’lib xizmat qiladi.
PDF

References

1. Азизбекова Н.Ш., Миляева Э.Л., Лобова Н.В. Онтогенез растений шафрана (Crocus sativus) и изменения в икҳ стебелнйкҳ апексакҳ // Онтогенез. – 1978. – Т. 9, № 6. – С. 583–592.

2. Milyaeva E.L., Azizbekova N.Sh. Effect of temperature on flower induction in saffron // Ontogenez. – 1978. – Vol. 9. – P. 45–53.

3. Molina R.V., Valero M., Navarro Y., Guardiola J.L., García-Luis A. Temperature effects on flower formation in saffron (Crocus sativus L.) // Scientia Horticulturae. – 2005. – Vol. 103, № 4. – P. 361–379.

4. López-Córcoles H., Sebastián B., Brasa A., Alonso G. Phenological growth stages of saffron plant (Crocus sativus L.) according to the BBCH scale // Spanish Journal of Agricultural Research. – 2015. – Vol. 13, № 4. – e0209.

5. Yasmin S., Nehvi F.A. Phenological growth stages of saffron (Crocus sativus L.) under temperate conditions of Jammu & Kashmir, India // International Journal of Current Microbiology and Applied Sciences. – 2018. – Vol. 7, № 4. – P. 3797–3814.

6. Renau-Morata B., Nebauer S.G. va boshq. Cultivation of saffron (Crocus sativus L.) in cold climates // Canadian Journal of Plant Science. – 2021. DOI: 10.1139/cjps-2021-0053.

7. Pallotti C., Renau-Morata B., Cardone L. va boshq. Understanding the saffron corm development – insights into histological and metabolic aspects // Plants. – 2024. – Vol. 13, № 8. – 1125. DOI: 10.3390/plants13081125.

8. To‘xtaev B.Yo., Mahmudov A.V., Xurramov Sh.Sh. O‘zbekistonda ekma za’faron (Shafran posevnoy – Crocus sativus L. ): introduksiyasi va plantatsiyalarini tashkil etish. – Toshkent: Navro‘z, 2018. - 127 b.

9. Qarshiboyev H. Q., To’xtayev B. Yo., Qarshiboyev J. H.., A’zamov F. B. va boshqalar. “Ekma za’faron Crocus sativus L ning sho’r tuproqlarda introduksiyasi” // GulDU axborotnomasi 2018. № 4 - 46 b.