Abstract
Mazkur maqolada Qoraqalpog‘iston sharoitida qishlab chiqqan Karnika zotli asalari oilasini asal olish mavsumigacha rivojlantirishda fitosenozlar hamda qo‘shimcha oziqlantirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari, ularning uyasidagi oziq zahiralari va ona arining yoshi, tuxum qo‘yish ko‘rsatkichlari hamda oilaning erta bahorda rivojlanishi bilan bog‘liq tomonlari tadqiq etilgan ham tahlil qilingan. Tadqiqot ishlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri Navbahor MFY hududida joylashgan asalari oilalarida olib borilgan bo‘lib, ularning hozirgi ekologik sharoitda qishlab chiqqandan keyin erta bahorda rivojlanishida fitosenozlarning ahamiyati va ona asalarining tuxum qo‘yishini rag‘batlantirish, juda kuchsiz asalari oilalariga qo‘shimcha ozuqalar berishning ahamiyatli jihatlari haqidagi ma’lumotlar muhokama qilingan. Tayanch so‘zlar: ekologik sharoitlar, asalari oilasi, ona asalari, fitosenozlarning gullashi, kuchli va nimchon asalari oilasi, asalari oilasi qishlashi, ona asalari, asal mahsuldorligi, qo‘shimcha oziqlantirish.References
1. Б.А.Қаҳраманов, Ф.Э.Сафарова, С.И.Исамухаммедов, Х.А.Донаев, Х.Б.Эргашев. Асаларичилик асослари. Ўқув қўлланма. Тошкент-2021, 214 бет.
2. B.A.Qahramonov, A.I.Isamuhamedov, U.Sh.Ballasov, S.Sh.Isamuhamedov, O.S.To’rayev. Asalarichilik. Каsb-hunar kollejlar uchun o’quv qo’llanma. T.: Iqtisodmoliya, 2016, -124 bet.
3. Е.Хожабергенов, И.Сапарниязов. Карника зотли асалари оиласининг ривожланишида фитоценозларнинг аҳамияти. «ТАБИИЙ ФАНЛАРНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ» мавзусидаги VI-xалқаро илмий-назарий анжуман материаллари тўплами 21 май, 2025 й.