Abstract
Mazkur maqolada turkiy xalqlar og‘zaki epik an’anasining muhim namunalaridan biri bo‘lgan “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonining qoraqalpoq va turkman versiyalari poetikasi psixologik yondashuv asosida qiyosiy-tipologik tahlil qilinadi. Tadqiqotda qahramonlarning ruhiy kechinmalari, emotsional holatlari, motivatsion tizimi, ichki konfliktlari, muhabbat va ayriliqning inson ruhiyatiga ta’siri, shuningdek, poetik vositalarning psixologik mazmunni ifodalashdagi funksiyasi o‘rganiladi. Qoraqalpoq versiyasida epik bayon va voqealar dinamikasi orqali qahramonning tashqi harakati hamda ijtimoiy muhit bilan munosabati kuchliroq namoyon bo‘lsa, turkman versiyasida lirik-emotsional qatlam, ichki monolog, kechinma va ruhiy iztirobning badiiy ifodasi nisbatan faol namoyon bo‘lishi kuzatiladi. Maqolada G‘arib va Shohsanam obrazlari nafaqat oshiq-ma’shuqa sifatida, balki ruhiy jihatdan shakllanayotgan, ijtimoiy to‘siqlar va shaxsiy tanlov o‘rtasida qolayotgan insonlar sifatida talqin qilinadi. Tadqiqot natijalari doston poetikasini psixologik aspektda o‘rganish uning milliy versiyalaridagi umumiy va o‘ziga xos xususiyatlarni chuqurroq ochib berishini ko‘rsatadi.References
1. Köprülü M. Türk Edebiyatında İlk Mutasavvıflar. Ankara: Türk Tarih Kurumu, 1976.
2. Boratav P. N. 100 Soruda Türk Folkloru. İstanbul: Gerçek Yayınevi, 1995.
3. Allambergenov K., Haytbayeva V. M. The matter of comparative studies of the national version of the poems: “Garip Ashiq Shakhsanem” (on the examples of Karakalpak, Uzbek and Turkmen languages). Middle European Scientific Bulletin.
2020. Vol. 5.
4. Bars M. E. Âşık Garip ile Şah Senem (İnceleme-Metin). İstanbul: Efe Akademi Yayınları, 2023.
5. “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonining qo‘lyozma va toshbosma nusxalari hamda ijrochilik an’analari haqidagi tadqiqotlar.