DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA)
PDF

Keywords

dizlaliya
fonologik oppozitsiya
differensial belgi
fonema
o‘zbek tili
logopediya
neytrallashuv
minimal juftlik.

How to Cite

DIZLALIYADA FONOLOGIK OPPOZITSIYALAR BUZILISHINING LINGVISTIK TAHLILI (O‘ZBEK TILI MATERIALIDA). (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 817-821. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i09.113

Abstract

Maqolada dizlaliyada fonologik oppozitsiyalar buzilishi tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Dizlaliya — normal eshitish va artikulyatsion apparat saqlangan holda tovush talaffuzining buzilishi bo‘lib, u fonologik tizimdagi oppozitsiyalarning neytrallashuvi natijasida yuzaga keladi. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tili materialida bolalar nutqidagi tipik tovush almashtirishlari, tushirib qoldirishlari va buzilishlarini fonemik oppozitsiyalar hamda differensial belgilar asosida izohlashdan iborat. Metodologik asos sifatida nazariy tahlil, illyustrativ misollar va minimal juftliklar usulidan foydalanildi. Tahlil birliklari sifatida fonema, differensial belgi, oppozitsiya va neytrallashuv olindi. Tadqiqotda o‘zbek tilidagi so‘zlar, xususan, minimal juftliklar asos qilib olindi. 5–7 yoshli dizlaliyasi bo‘lgan bolalar nutqidagi tipik xatolar shartli ravishda tanlanib, ular fonologik oppozitsiya va differensial belgilar nuqtai nazaridan tahlil qilindi. Shuningdek, N. S. Trubetskoy, R. O. Jakobson, A. R. Luriya, L. S. Vygotskiy hamda o‘zbek tilshunoslari A. Nurmonov, Sh. Shoxmatov, H. Ne’matovlarning ishlariga tayanildi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, dizlaliyadagi xatolar tasodifiy emas, balki tilning fonologik tizimidagi oppozitsiyalarning neytrallashuvi bilan bog‘liq. O‘zbek tilida jarangli/jarangsiz, portlovchi/sirg‘aluvchi, til oldi/til orqa, burun/oral kabi oppozitsiyalar ko‘proq buziladi. Bu esa so‘zlarning gomofonga aylanishiga va ma’no farqlanishining yo‘qolishiga olib keladi. Logopedik korreksiyada minimal juftliklar va oppozitsiya mashqlaridan foydalanish samarali hisoblanadi. Minimal juftliklar: gul–kul, dil–til, shim–sim, qon–kon, tong–ton, bor–bol, bil–bel. Bu usul bolada nafaqat to‘g‘ri artikulyatsiya, balki fonemik eshitish va ma’no farqlash ko‘nikmasini ham shakllantiradi. Maqola logopediya va tilshunoslik integratsiyasida dizlaliyani chuqurroq o‘rganishga xizmat qiladi.
PDF

References

1. Trubetskoy N. S. Osnovy fonologii. — M., 1960.

2. Jakobson R. Child Language, Aphasia and Phonological Universals. — The Hague,

3. Luriya A. R. Yazyk i soznanie. — M., 1979.

4. Vygotskiy L. S. Myshlenie i rech. — M., 1982.

5. Shoxmatov Sh. O‘zbek tilining fonetikasi. — T., 1980.

6. Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi. — T., 2002.

7. Ne’matov H., Rasulov R. O‘zbek tili sistem leksikologiyasi. — T., 1995.

8. Fomicheva M. F. Logopediya asoslari. — T., 1993.