Abstract
Maqolada Toshkent hududi gidronimlarining nomlanish motivlari, leksik- semantik guruhlari, strukturaviy tuzilishi va so‘z yasalish xususiyatlari o‘rganiladi. Gidronimik birliklarni faqat obyekt nomi sifatida emas, balki hududning tabiiy sharoiti, xo‘jalik faoliyati, etnik tarkibi va ijtimoiy-madaniy hayoti bilan bog‘liq nominativ birlik sifatida tahlil qilishga e’tibor qaratiladi. Gidronimlar tabiiy-geografik belgilar, hayvon va o‘simlik nomlari, oykonimlar, etnonimlar, antroponimlar hamda ijtimoiy-siyosiy omillar asosida guruhlanadi. Strukturaviy jihatdan sodda va murakkab, bir, ikki va ko‘p komponentli, to‘liq va elliptik shakllar tahlil qilinadi. Tadqiqotda “aniqlovchi + aniqlanmish” modeli Toshkent gidronimiyasining mahsuldor sintaktik modeli sifatida ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, “ariq”, “suv”, “soy”, “daryo”, “quduq” kabi gidrografik indikatorlarning nominativ vazifasi va ayrim affikslarning gidronim hosil qilishdagi ishtiroki aniqlanadi. Natijalar gidronimlarning semantik mazmuni va strukturasi o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjudligini ko‘rsatadi.References
1. Boboho‘jayev R.X. Toshkent regioni gidronimlari: tarixiy-lingvistik tadqiqot. Toshkent.
2. Ataniyazov S. Turkmaniston toponimiyasi. Ashxobod.
3. Garipova F.G. Issledovaniya po gidronimii Tatarstana. Moskva: Nauka.
4. Kamalov A.A. Toponimiya i gidronimiya tyurkoyazychnyx regionov.
5. Kononov A.N. Grammatika sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazyka. Moskva–Leningrad.
6. Molchanova O.T. Strukturnye tipy tyurkskix toponimov Gornogo Altaya. Saratov.
7. Murzaev E.M. Ocherki toponimiki. Moskva: Mysl.
8. Murzaev E.M. Slovar narodnyx geograficheskix terminov. Moskva.
9. Nikonov V.A. Vvedenie v toponimiku. Moskva.
10. Podolskaya N.V. Slovar russkoy onomasticheskoy terminologii. Moskva.
11. Radlov V.V. Opyt slovarya tyurkskix narechiy. Moskva.
12. Superanskaya A.V. Lingvisticheskaya terminologiya i prikladnaya toponomastika. Moskva.
13. Sattarov G.F. Toponimiya tatarского naroda.
14. Shakurov R.V. Toponimiya Bashkirii.
