OROL FOJIASI VA INSON QISMATI: SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “XORAZM, JONGINAM” HIKOYASIDA EKOLOGIK VA MA’NAVIY MUAMMOLAR
PDF

Keywords

Shukur Xolmirzayev
“Xorazm
jonginam”
Orol fojiasi
ekologik muammo
ekokrititsizm
ekologik adabiyot
inson va tabiat
milliy o‘zlik
tarixiy xotira
ma’naviy inqiroz.

How to Cite

OROL FOJIASI VA INSON QISMATI: SHUKUR XOLMIRZAYEVNING “XORAZM, JONGINAM” HIKOYASIDA EKOLOGIK VA MA’NAVIY MUAMMOLAR. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(9), 680-685. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i09.097

Abstract

Mazkur maqolada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shukur Xolmirzayevning “Xorazm, jonginam” hikoyasida ekologik fojia hamda inson qismati o‘rtasidagi badiiy-falsafiy munosabat tahlil qilinadi. Asarda Orol dengizining qurishi oqibatida Xorazm vohasida yuzaga kelgan ekologik inqiroz — havoning buzilishi, tuproqning sho‘rlanishi, tuz yog‘ini va qadimiy me’moriy obidalarning yemirilishi kabi oqibatlar insonning ruhiyati, kundalik hayoti hamda ijtimoiy qarashlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omil sifatida yoritilgan. Yozuvchi ekologik inqirozni faqat tabiatga yetkazilgan zarar sifatida emas, balki insonning Vatan, tarixiy xotira hamda milliy qadriyatlarga munosabatini o‘zgartiruvchi murakkab ma’naviy-ijtimoiy hodisa sifatida talqin etadi. Maqolada ota va o‘g‘il obrazlari orqali ona zaminni anglashning ikki xil modeli, ekologik muhitning migratsion kayfiyatlarga ta’siri hamda tabiat va inson o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik ochib berilgan. Tadqiqot natijasida “Xorazm, jonginam” hikoyasining ekologik muammolarni badiiy idrok etish bilan bir qatorda, milliy o‘zlik va vatanparvarlik tuyg‘usini ifodalovchi muhim asar ekanligi asoslangan.
PDF

References

1. Xolmirzayev, Sh. (2005). Saylanma. 3 jildlik. 2-jild: Hikoyalar va qissalar. Toshkent: Sharq.

2. Xolmirzayev, Sh. (1998). Xorazm, jonginam. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti.

3. Yo‘ldoshev, Q. (2018). Yana yonimdagilar (Badiiy-publitsistik va adabiy-tanqidiy maqolalar). Toshkent: Akademnashr.

4. Rasulov, A. (2006). Badiiylik — bezvol mezon. Toshkent: O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti.

5. Normatov, U. (2007). Umidbaxsh tamoyillar. Toshkent: Ma’naviyat.