Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek va ingliz adabiyotida drabbl janrining badiiy xususiyatlari hamda unda qo‘llaniladigan badiiy tasvir vositalarining funksional- semantik jihatlari tadqiq etilgan. Xususan, allegoriya, jonlantirish, sifatlash, o‘xshatish va mubolag‘a kabi badiiy tasvir vositalarining drabblning mazmuniy va estetik yaxlitligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilingan. Badiiy tasvir vositalarining asar mazmunini ixcham shaklda, obrazli va ta’sirchan ifodalash, qahramonlarning xarakter-xususiyatlarini ochib berish hamda kitobxonning badiiy matnni chuqurroq idrok etishiga ta’siri aniq misollar asosida yoritilgan. Tadqiqotda o‘zbek va ingliz adabiyotiga mansub drabbl namunalari qiyosiy tahlil qilinib, badiiy tasvir vositalarining janrning qisqa hajmi va mazmuniy zichligi bilan uzviy bog‘liqligi asoslangan. Natijalar badiiy tasvir vositalari drabbl janrida nafaqat estetik ta’sirchanlikni kuchaytiruvchi, balki cheklangan so‘z hajmida qo‘shimcha mazmunni ifodalash imkonini beruvchi muhim poetik vosita ekanligini ko‘rsatadi.References
1. Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti, 2002. – B.
2. Ulug‘ov A. Adabiyotshunoslik nazariyasi. O‘quv uslubiy majmua. – Toshkent, 2016. – B.
3. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – B. 337.
4. Пандоранинг қутиси. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2020. – Б.6.
5. Пандоранинг қутиси. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2020. – Б.69.
6. Drabbllar. Dunyoning eng kichik hikoyalari. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, – Toshkent, 2016. – B. 5.
7. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2013. – Б. 369.
8. Пандоранинг қутиси. – Тошкент: Ғафур Ғулом нашриёт-матбаа ижодий уйи, 2020. – Б.211.
9. Ibrohimova N. Mitti hikoyalar: kecha va bugun. – Toshkent: Yangi kitob, 2020. – B. 53.
10. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi.– Toshkent: A.Qodiriy, 2004. – B. 160.
11. Drabbllar. Dunyoning eng kichik hikoyalati., –Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2016. – B. 51.