Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yirik vakili Erkin A’zam asarlarida ayol ruhiyatining badiiy ifodalanish xususiyatlari tadqiq etiladi. Tadqiqot obyekti sifatida “Zabarjad” kinoqissasi, “Bayramdan boshqa kunlar” qissasi hamda “Stupka” hikoyasi tanlandi. Tadqiqotda psixologik tahlil, qiyosiy-tipologik, narratologik, lingvopoetik va badiiy detal tahlili metodlaridan foydalanildi. Tahlil natijasida adib ayol ruhiyatini bevosita izohlashdan ko‘ra, personaj nutqi, xatti-harakati, sukuti, xotiralari, maishiy detallar va ijtimoiy muhit bilan munosabati orqali ochib berishi aniqlandi. Zabarjad obrazida ichki erkinlikka intilish va ijtimoiy me’yorlar o‘rtasidagi ziddiyat, Safura obrazida o‘z o‘rnini izlash va ruhiy beqarorlik, Marina obrazida esa ayriliqdan keyingi ruhiy bo‘shliq va yangi hayotga moslashish jarayoni yetakchi psixologik holatlar sifatida namoyon bo‘ladi.References
1. Аьзамов Э. Байрамдан бошқа кунлар. – Toshkent. 1988
2. Yoqubov I. Erkin A’zamning “Zabarjad” kinoqissasida qahramon botinidagi evrilishlar tasviri // Uzbekistan: Language and Culture. – 2024. – Vol. 1, Issue 2. – B. 66–76.
3. Qobulova N. Erkin A’zam asarlarida xarakter va maishiy hayot tasviri // Общество и инновации. – 2021. – 2(4/S). – B. 475–480.
4. Mo‘minova T.S. Badiiy asarda nuqtayi nazar va xarakter ifodasi // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. – 2022.
5. Sattorova G. Erkin A’zam. “Stupka” & “Nosoz arava qachon yuradi?” yozuvchi bilan suhbat.
6. Ahli zeboni ayaymiz-da – Erkin A’zam asarlarida ayolning ma’naviy qiyofasi tahlili // Oyina. – 2026.
