Abstract
Ushbu maqolada mansura janrining XX asr boshlarida mustaqil maqom olgan bo‘lsa-da, uning konseptual-estetik ildizlari va lirik tabiati ko‘p asrlik tarixiy evolyutsiyaga ega ekanligi davrlar kesimida o‘rganiladi. Mansura genezisining qadimgi turkiy yozma yodgorliklar, vaznli nasr, mumtoz nasr, saj’ an’anasi, lirik-falsafiy nasr hamda jadid adabiyoti bilan aloqador jihatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda mansuraga xos emotsionallik, ichki musiqiylik, ritmik uyushuv, sintaktik parallelizm, ritorik murojaat, lirik-falsafiy mushohada va subyektiv-hissiy ifoda kabi belgilar tarixiy manbalar asosida kuzatiladi.References
1. Koshg‘ariy, Mahmud. Devonu lug‘atit turk. 3 jildlik. – Toshkent: Fan, 1960–1963.
2. Rustamov, E. X. Uzbekskaya poeziya v pervoy polovine XV veka. – Moskva: Nauka, 1963. – S. 112–115.
3. Sulaymon Boqirg‘oniy. Boqirg‘on kitobi. – Toshkent: Yozuvchi, 1991. – B. 45–48.
4. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub // Mukammal asarlar to‘plami. 20 jildlik. T. 14. – Toshkent: Fan, 1998. – B. 68.
5. Xoja. Gulzor / Nashrga tayyorlovchilar: H. Homidov, M. Aminov. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. – B. 54–57.