Abstract
Mazkur maqolada Xurshid Do‘stmuhammadning “Bozor” romanidagi ichki psixologik, personajlararo hamda qahramon va muhit o‘rtasidagi konfliktlarning o‘zaro aloqadorligi tahlil qilinadi. Fozilbekning ma’naviy ehtiyojlari bilan manfaat ustuvor bo‘lgan bozor muhiti o‘rtasidagi nomuvofiqlik asarning markaziy konflikti sifatida baholanadi. Qahramon ruhiyatida shakllangan ziddiyatning oilaviy munosabatlar orqali ijtimoiy mazmun kasb etishi ochib beriladi. Natijada konflikt turlari Fozilbek shaxsiyati atrofida birlashib, yaxlit badiiy tizim hosil qilishi ko‘rsatiladi.References
1. Бахтин М. М. Проблемы поэтики Достоевского. – Москва: Художественная литература, 1972.
2. Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон, 2002.
3. Дўстмуҳаммад Х. Танланган асарлар. – Тошкент: Адабиёт, 2025.
4. Қуронов Д. Адабиётшуносликка кириш. – Тошкент: Akademnashr, 2004.
5. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Тошкент: Akademnashr, 2013.
6. Қуронов Д. Адабиёт назарияси асослари. – Тошкент: Навоий университети, 2018.
7. Тўйчиев У. Ўзбек адабиётида бадиийлик мезонлари ва уларнинг маромлари. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2011.
