Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi modal birliklarning gap tarkibidagi sintaktik pozitsiyasi va ularning kommunikativ-pragmatik funksiyalari tadqiq etiladi. Modal birliklarning gap boshida, o‘rtasida va oxirida qo‘llanishi, ularning predikativ mazmun bilan munosabati hamda sintaktik joylashuvining kommunikativ mazmunga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda modal birliklarning pragmatik qiymati faqat lug‘aviy-semantik xususiyatlar bilan belgilanmasligi, balki ularning gapdagi o‘rni, intonatsiyasi, konteksti va so‘zlovchining kommunikativ maqsadi bilan ham chambarchas bog‘liqligi asoslanadi. Ehtimol, albatta, shubhasiz, darhaqiqat, aftidan, shekilli, chamasi kabi birliklarning turli sintaktik pozitsiyalarda qo‘llanishi misolida bayonning qat’iyligini kuchaytirish, fikrni yumshatish, taxminni oldindan bildirish va xulosaviy baho berish kabi pragmatik vazifalar ochib beriladi.References
1. Mamatova Z.R. Turli tizimdagi tillarda modallik kategoriyasini ifodalovchi vositalar (ingliz va o‘zbek tillari materiallari misolida): magistrlik dissertatsiyasi. – Andijon, 2018. – 125 b.
2. Shoabdurahmonov Sh., Asqarova M., Hojiyev A., Rasulov I., Doniyorov X. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: O‘qituvchi, 1980.
3. G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi, 1987.
4. Mahmudov N., Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Sintaksis. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995.
5. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G., Qurbonova M., Yunusova Z. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009.
