Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek texnik terminologiyasining shakllanishi, tarixiy taraqqiyoti va asosiy manbalari termin yaratish, tartibga solish va ilmiy-texnik muloqotdagi funksional xususiyatlari nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Uning rivojlanishi qadimgi va o‘rta asr ilmiy merosi, Alisher Navoiy davri adabiy tili, jadidchilik, sovet davridagi standartlashtirish va kodifikatsiya hamda mustaqillik davridagi milliy terminologik siyosat va raqamlashtirish jarayonlari bilan bog‘liqligi asoslab beriladi. IX–XII asrlar ilmiy merosi terminologik tafakkurning dastlabki konseptual asosi, Navoiy ijodi texnik leksikaning madaniy-lingvistik bazasi, jadidchilik davri esa zamonaviy texnik terminologiyaning shakllanish bosqichi sifatida baholanadi. Shuningdek, sinonimiya, variantlilik, dubletlik hamda milliy va xalqaro terminlar o‘rtasidagi muvozanat masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari tarixiy tajriba zamonaviy termin yaratish, standartlashtirish, kodifikatsiya va yagona terminologik bazani shakllantirish uchun muhim metodologik asos ekanini ko‘rsatadi.References
1. Kamilova S., Davronova G., Agzamova G. Ilmiy tafakkurning buyuk namoyandasi: axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari uchun metodik-bibliografik qo‘llanma. – Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2023. – 13 b.
2. Машарипова Г.К. Абу Али Ибн Сино илмий-фалсафий ва маънавий меросининг жамият ҳаётидаги ўрни. Монография. – Тошкент, 2019. – 127 б.
3. Навоий А. Хамса. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1986. – 86 б.
4. Навоий А. Маҳбуб ул-қулуб. – B. 19, 47.
5. Fitrat A. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “Ma’naviyat”, 2009. – 44 b.
6. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi: o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. – 17 b.
