Abstract
Maqolada to‘siqsizlik mazmunining nemis va o‘zbek tillarida faqat bevosita nominatsiya orqali emas, nutqiy bayon ortida oldindan qabul qilinadigan mazmun asosida shakllanishi qiyosiy jihatdan tadqiq etiladi. Asosiy e’tibor konsessiv konstruksiyalarda ifodalangan voqea bilan uning yuz berishiga monelik qilishi kutilgan shart o‘rtasidagi munosabatga qaratiladi. Nemis tilidagi obwohl, obgleich, wenngleich, trotzdem, dennoch hamda o‘zbek tilidagi garchi, qaramay, bo‘lsa ham, esa vositalari qatnashgan kontekstlarda to‘siqsizlik ma’nosining yuzaga kelishi uchun nutqda ochiq ifodalanmagan, ammo kommunikantlar tomonidan oldindan anglanadigan kutilma muhim semantik asos vazifasini bajarishi aniqlanadi.References
1. Levinson S. C. Pragmatics. – Cambridge: Cambridge University Press, 1983.
2. Levinson S. Presupposition and Conversational Implicature // Journal of Linguistics. –
3. Safarov Sh. Pragmalingvistika. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2008. – B. 112–125.
4. Hakimov A. Matn semantikasi va pragmatika. – Samarqand: SamDU, 2010.
