Abstract
Maqolada Surxondaryo viloyatida sanitariya-epidemiologiya stansiyalari (SES) tarmogʻi va kadrlari 1954–1958-yillar misolida oʻrganiladi. Asos sifatida Surxondaryo viloyat davlat arxivi 529-fondining 110-, 140-, 178- va 180-yigʻmajildlaridagi hujjatlar olingan: viloyat SES ning 1955-yil 1-yanvar holatidagi «Tarmoq va kadrlar» jadvali, unga ilova qilingan izohnoma hamda Jarqoʻrgʻon tumani SES ning 1957- va 1958-yillar kadrlar maʼlumotlari. Viloyatda 11 ta SES va uning boʻlimlari boʻyicha 235 lavozim, shundan 43 tasi vrach lavozimi boʻlgan; vrach lavozimlarining 47,7 foizi boʻsh turgan, qishloq tumanlarida bu koʻrsatkich 53,8 foizga yetgan, Sherobod va Boysun SES larida vrach umuman boʻlmagan. Boʻsh vrach lavozimlarining deyarli yarmi ikki tumanga –Denov va Jarqoʻrgʻonga –toʻgʻri kelgan. Izohnoma shtat oʻzgarishlari epidemiologik ehtiyoj bilan emas, SES larning kategoriyasini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlganini koʻrsatadi. Jarqoʻrgʻon misolida 1957–1958-yillarda band lavozimlar ulushi 85,8 dan 96,5 foizgacha oshgan, lekin oʻrta tibbiyot xodimlarining 65,5 foizi oʻrindoshlik asosida ishlagan.
References
1. Surxondaryo viloyat davlat arxivi (SVDA), 529-fond, 1-roʻyxat, 110-yigʻmajild. Viloyat SES ning «Tarmoq va kadrlar» jadvali (1955-yil 1-yanvar holati) va unga izohnoma. Ruscha: «Сеть и кадры Санэпидстанций и отделений, входящих в состав СЭС, на 1/I 1955 года по Сурхан-Дарьинской области». 2–3-varaqlar.
2. Michaels P.A. Curative Powers: Medicine and Empire in Stalin’s Central Asia. –Pittsburgh: University of Pittsburgh Press, 2003.
3. Feshbach M., Friendly A. Ecocide in the USSR: Health and Nature Under Siege. –New York: Basic Books, 1992.
4. SVDA, 529-fond, 1-roʻyxat, 140-yigʻmajild. «Дополнение к годовому отчёту по Джар-Курганскому району за 1957 год». 58-varaq.
5. SVDA, 529-fond, 1-roʻyxat, 178-yigʻmajild. Jarqoʻrgʻon tumani SES ning 1958-yil kadrlar ilovasi. 6-varaq.
6. SVDA, 529-fond, 1-roʻyxat, 180-yigʻmajild. Denov bezgakka qarshi xizmatining kadrlar jadvali, 1958-yil. 19-varaq.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.