Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini zamonaviylashtirish sharoitida sun’iy intellekt texnologiyalari hamda yashil pedagogika tamoyillarini integratsiyalashning nazariy-metodologik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotning dolzarbligi pedagogik ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlarining jadallashuvi hamda barqaror rivojlanish tamoyillarini ta’lim mazmuniga kiritish zarurati bilan izohlanadi.
Tadqiqot jarayonida tizimli tahlil, qiyosiy-tahliliy yondashuv, hujjatlar tahlili va kontent-tahlil metodlaridan foydalanildi. Xalqaro hamda milliy ilmiy manbalar asosida o‘qituvchi kasbiy kompetensiyalarining zamonaviy talqinlari o‘rganildi. Tadqiqot natijalari pedagogik oliy ta’lim tizimida sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish o‘qitish jarayonini individuallashtirish va pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish imkonini berishini ko‘rsatdi. Shuningdek, yashil pedagogika tamoyillarining integratsiyasi bo‘lajak o‘qituvchilarda ekologik tafakkur va mas’uliyatli pedagogik yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qilishi asoslandi.
Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda pedagogik ta’lim mazmunini modernizatsiya qilishda ilmiy-metodik asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning PF 6079-son “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Farmoni. – Toshkent, 2020.
2. Mishra P., Koehler M.J. Technological pedagogical content knowledge: A framework for teacher knowledge // Teachers College Record. — 2006. — Vol. 108, №6. — P. 1017–1054.
3. Luckin R., Holmes W., Griffiths M., Forcier L.B. Intelligence Unleashed: An Argument for AI in Education. — London: Pearson Education, 2016. — 48 p.
4. Redecker C. European Framework for the Digital Competence of Educators: DigCompEdu. — Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. — 95 p.
5. UNESCO. Education for Sustainable Development Goals: Learning Objectives. — Paris: UNESCO Publishing, 2017. — 63 p.
6. Bianchi G., Pisiotis U., Cabrera Giraldez M. GreenComp: The European Sustainability Competence Framework. — Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2022. — 76 p.
7. Роберт И.В. Теория и методика информатизации образования. — Москва: ИИО РАО, 2014.
8. Полат Е.С. Современные педагогические и информационные технологии в системе образования. — Москва: Академия, 2018.
9. Holmes W., Bialik M., Fadel C. Artificial Intelligence in Education: Promises and Implications for Teaching and Learning. — Boston: Center for Curriculum Redesign, 2019.
10. Isroilova D.R. O‘qituvchilarning raqamli kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari // O‘zbekiston Milliy universiteti xabarlari. — Toshkent, 2022. — №1/5. — B. 118–122.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.