Abstract
Mazkur tadqiqotda zamonaviy yapon adabiyotining yirik vakili Haruki Murakamining “1Q84” romani asosida inson ruhiy olami, shaxsning o‘zligini anglash jarayoni hamda ruhiy uyg‘onish masalalari adabiy-falsafiy jihatdan tahlil qilinadi. Asarda Aomame va Tengo obrazlari orqali inson ichki dunyosidagi murakkab kechinmalar ya’ni, yolg‘izlik, qo‘rquv, xotira, muhabbat va identifikatsiya jarayoni yoritiladi. Shuningdek, romanda qo‘llangan ramziy tizim va parallel voqelik tushunchasi inson ongining ko‘p qatlamli tabiatini ochib beruvchi badiiy vosita sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada qiyosiy- tahliliy, germenevtik, psixoanalitik va strukturaviy yondashuvlardan foydalanildi. Roman voqealari Sharq falsafasi, ekzistensializm va postmodern adabiyot nazariyalari doirasida talqin qilindi. Olingan natijalar Murakami ijodida ruhiy kamolot va ichki o‘zgarish jarayoni real va xayoliy dunyo uyg‘unligida ifodalanishini ko‘rsatadi. Asarda tashqi voqelikdan ko‘ra, inson ongining ichki harakati va psixologik transformatsiyasi yetakchi o‘rinni egallaydi.References
1. Murakami, H. 1Q84. Vol. 1–3. New York: Alfred A. Knopf, 2011.
2. Murakami, H. Kafka on the Shore. New York: Vintage, 2005.
3. Murakami, H. The Wind-Up Bird Chronicle. New York: Vintage, 2000.
4. Rubin, J. Haruki Murakami and the Music of Words. Vintage Books, 2005.
5. Strecher, M. C. The Forbidden Worlds of Haruki Murakami. University of Minnesota Press, 2014.
6. Strecher, M. C. Dances with Sheep. University of Michigan Press, 2002.
7. Napier, S. J. The Fantastic in Modern Japanese Literature. Routledge, 1996.
8. Jung, C. G. The Archetypes and the Collective Unconscious. Princeton University Press, 1969.
9. Freud, S. The Interpretation of Dreams. Oxford University Press, 1999.
10. Lyotard, J.-F. The Postmodern Condition. University of Minnesota Press, 1984.
11. Hutcheon, L. A Poetics of Postmodernism. Routledge, 1988.
12. Eagleton, T. Literary Theory: An Introduction. Blackwell, 2008.
13. Eco, U. Interpretation and Overinterpretation. Cambridge University Press, 1992.
14. Jameson, F. Postmodernism, or the Cultural Logic of Late Capitalism. Duke University Press, 1991.
15. Barthes, R. Image, Music, Text. Fontana Press, 1977.