Abstract
Maqolada o‘zbek teatr terminlarining nomlash motivatsiyasi terminning kelib chiqishi bilan emas, tushunchani terminologik tizimda farqlovchi dominant belgi bilan bog‘liq holda tadqiq etiladi. Empirik bazani izohli lug‘atlar, teatrshunoslikka oid ilmiy va o‘quv adabiyotlari hamda elektron kasbiy matnlardan shakllantirilgan 685 birlikli ishchi kartoteka tashkil etadi. Maqola doirasida manbasi va maxsus ma’nosi tekshirilgan birliklar mezonli tanlanma asosida definitsion, komponent, derivatsion va kontekstual tahlil qilindi. O‘zlashganlik etimologik parametr, milliy-madaniy mansublik esa qo‘shimcha tavsif belgisi sifatida motivatsiya turidan ajratildi. Terminlarning ichki shakli sinxron jihatdan shaffof, qisman shaffof va xiralashgan darajalarga bo‘lindi. Funksional, makoniy, subyektga, jarayon va natijaga, predmet, vaqt hamda auditoriyaga asoslangan nominativ modellar tavsiflandi. Metafora va metonimiya mustaqil mavzuviy guruh emas, ikkilamchi nominatsiyaning semantik mexanizmlari sifatida talqin qilindi. Ko‘p motivli birliklarda dominant belgini aniqlash uchun besh bosqichli diagnostik mezon taklif etildi.References
1. Abdullayeva M., Madrimov Q. Dramatik teatr rejissyorligi. O‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Fan ziyosi, 2022. – 138 b.
2. Cabré M.T. Terminology: Theory, Methods and Applications. – Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins, 1999. – 248 p. https://doi.org/10.1075/tlrp.1
3. Dadaboyev H. O‘zbek terminologiyasi. – Toshkent: Nodirabegim, 2020. – 136 b.
4. Ibrohimov B. Sahna texnikasi va bezaklar tayyorlash texnologiyasi. Metodik qo‘llanma. – Toshkent: Chashma Print, 2010. – 160 b.
5. Kozimova Z.I. O‘zbek tili teatr terminologiyasi: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Qarshi, 2026. – 45 b.
6. Lotte D.S. Osnovy postroeniya nauchno-tekhnicheskoy terminologii: Voprosy teorii i metodiki. – Moskva: Izdatelstvo Akademii nauk SSSR, 1961. – 158 s.
7. O‘zbek tilining izohli lug‘ati: 5 jildli / A. Madvaliyev tahriri ostida. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2006–2008.
8. Pardayev A.B., Urinbayeva D.B., Islamova D.A. O‘zbek terminologiyasi. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2020. – 260 b.
9. Sager J.C. A Practical Course in Terminology Processing. – Amsterdam; Philadelphia: John Benjamins, 1990. – 254 p. https://doi.org/10.1075/z.44