Abstract
Maqolada XI—XIX asrlar turkiy mumtoz adabiyotida Qurʼon oyatlarining oʻzlashtirilish shakllari tahlil qilinadi. Muallif oyat qoʻllanilishini bezak emas, balki matnning maʼno tuzilishini shakllantiruvchi ichki mexanizm sifatida qaraydi. Ishda mumtoz poetika risolalari — Shayx Ahmad Taroziyning “Funun ul-balogʻa” va Atoulloh Husayniyning “Badoyiʼ us-sanoyiʼ” asarlaridagi iqtibos, hall, aqd, tazmin va talmeh atamalari aniqlashtiriladi. Tadqiqot natijasida oyat oʻzlashtirishning olti darajali modeli taklif etiladi: leksik, iboraviy, motiv, syujet, kompozitsion va konseptual darajalar. Har bir daraja “Qutadgʻu bilig”, “Hibat ul-haqoyiq”, “Qisasi Rabgʻuziy”, Alisher Navoiy asarlari, Boburning “Mubayyin”i va Sufi Olloyorning “Sabot ul-ojizin” asaridan olingan misollar bilan asoslanadi. Tahlil oyatning badiiy matndagi toʻrt asosiy vazifasini — dalillash, kengaytirish, ramzlashtirish va kompozitsion mustahkamlash vazifalarini ajratish imkonini beradi.References
1. Qurʼoni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va tafsir muallifi Shayx Abdulaziz Mansur. — Toshkent: Toshkent islom universiteti nashriyoti, 2007. — 624 b.
2. Yusuf Xos Hojib. Qutadgʻu bilig (Saodatga yoʻllovchi bilim) / Nashrga tayyorlovchi Q. Karimov. — Toshkent: Fan, 1971. — 964 b.
3. Ahmad Yugnakiy. Hibat ul-haqoyiq / Nashrga tayyorlovchi Q. Mahmudov. — Toshkent: Fan, 1971. — 208 b.
4. Nosiruddin Burhonuddin Rabgʻuziy. Qisasi Rabgʻuziy. 1—2-kitob. — Toshkent: Yozuvchi, 1990.
5. Alisher Navoiy. Mukammal asarlar toʻplami. 20 jildlik. — Toshkent: Fan, 1987—2003.
6. Zahiriddin Muhammad Bobur. Mubayyin / Nashrga tayyorlovchi S. Hasanov. — Toshkent: Fan, 2000.
7. Sufi Olloyor. Sabot ul-ojizin. — Toshkent: Choʻlpon, 1991.
8. Shayx Ahmad ibn Xudoydod Taroziy. Funun ul-balogʻa / Nashrga tayyorlovchi A. Hayitmetov. — Toshkent: Xazina, 1996.
9. Atoulloh Husayniy. Badoyiʼ us-sanoyiʼ / Fors tilidan A. Rustamov tarjimasi. — Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1981. — 400 b.
10. Valixoʻjayev B. Oʻzbek adabiyotshunosligi tarixi (X—XIX asrlar). — Toshkent: Oʻzbekiston, 1993. — 190 b.
11. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. — Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1979. — 216 b.
12. Haqqulov I. Tasavvuf va sheʼriyat. — Toshkent: Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyoti, 1991. — 184 b.
13. Komilov N. Tasavvuf. — Toshkent: Movarounnahr — Oʻzbekiston, 2009. — 448 b.
14. Sirojiddinov Sh. Alisher Navoiy: manbalarning qiyosiy-tipologik, tekstologik tahlili. — Toshkent: Akademnashr, 2011. — 326 b.
15. Isʼhoqov Y. Soʻz sanʼati soʻzligi. — Toshkent: Oʻzbekiston, 2014. — 320 b.
16. Schimmel A. Mystical Dimensions of Islam. — Chapel Hill: The University of North Carolina Press, 1975. — 506 p.
17. Genette G. Palimpsests: Literature in the Second Degree / Transl. by C. Newman, C. Doubinsky. — Lincoln: University of Nebraska Press, 1997. — 490 p