BADIIY MATNDA DIALEKTAL BIRLIKLARNING FUNKSIONAL- SEMANTIK XUSUSIYATLARI (Cho‘lpon nasri misolida)
PDF

Keywords

Cho‘lpon
badiiy matn
dialektal birlik
dialektizm
sheva
so‘zlashuv nutqi
funksional semantika
personaj nutqi
mahalliy kolorit
lingvopoetika
etnografizm.

How to Cite

BADIIY MATNDA DIALEKTAL BIRLIKLARNING FUNKSIONAL- SEMANTIK XUSUSIYATLARI (Cho‘lpon nasri misolida). (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(8), 573-581. https://doi.org/10.70728/b.series.fil.v08.i08.085

Abstract

Mazkur maqolada Cho‘lponning nasriy asarlarida qo‘llangan dialektal birliklarning badiiy matndagi o‘rni va vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda adibning “Kecha va kunduz” romani hamda “Qor qo‘ynida lola”, “Oydin kechalarda” va “Novvoy qiz” hikoyalaridagi hududiy va xalqona so‘zlar o‘rganilgan. Dialektal birliklarning leksik, fonetik, morfologik va frazeologik xususiyatlari yoritilib, ularning personaj nutqini tabiiy ifodalash, hududiy kolorit yaratish, emotsional-ekspressiv ma'no berish va milliy madaniyatni aks ettirishdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, kaptov, ena, enajon, aylanay, jindek, boyaqish, qalay, mundoq, qandog‘, hovva-hovva kabi birliklarning matndagi ma'nosi va badiiy vazifasi izohlangan. Tadqiqot natijalari Cho‘lpon asarlaridagi dialektal birliklar asar tilining xalqonaligi, tabiiyligi va badiiy ta'sirchanligini kuchaytiruvchi muhim vosita ekanini ko‘rsatadi.
PDF

References

1. Ashirboyev S. O‘zbek dialektologiyasi. Toshkent: Navro‘z, 2016. 136 b.

2. Cho‘lpon. Kecha va kunduz. Birinchi kitob. Kecha. Toshkent: Sharq, 2000. 272 b.

3. Cho‘lpon. Qor qo‘ynida lola // Asarlar. Uch jildlik. 2-jild. Toshkent: Xazina, 1998. 469 b.

4. Cho‘lpon. Oydin kechalarda // Asarlar. Uch jildlik. 2-jild. Toshkent: Xazina, 1998. 469 b.

5. Enazarov T.J., Karimjonova V.A., Enazarova M.S. va boshqalar. O‘zbek shevashunosligi. - Toshkent: Universitet, 2012.

6. G‘afurov I. Cho‘lponning til va uslub nazokati // Adabiy-tanqidiy maqolalar. Toshkent, 2016.

7. Karimov N. Cho‘lpon. Toshkent: Fan, 1991.

8. Sharafiddinov O. Cho‘lponni anglash. Toshkent: Xazina, 1994.

9. O‘zbek xalq shevalari lug‘ati / Mas’ul muharrir Sh.Shoabdurahmonov. Toshkent: Fan, 1971. 410 b.

10. Yo‘ldoshev B. Badiiy nutq stilistikasi. Samarqand: SamDU, 1982.

11. Yo‘ldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent: Fan, 2008.