Abstract
Mazkur maqolada atoqli adabiyotshunos olim Ibrohim G‘afurovning ilmiy-adabiy merosi, adabiy-estetik qarashlari hamda adabiy tanqid sohasidagi muhim mulohazalari tahlil etilgan. “Mangu latofat” asarida ilgari surilgan ilmiy-nazariy konsepsiyalar, millat ma’naviyati, hayo, axloq, odob, ma’rifat va insoniylik masalalariga doir qarashlari yoritilgan. Maqolada Ibrohim G‘afurovning jadid adabiyotini tadqiq etish jarayonida qiyosiy fikrlash, analitik tahlil, munozara janri va sayohatnoma kabi adabiy hodisalarga bergan baholari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, Fitrat va Mahmudxo‘ja Behbudiy faoliyati hamda ijodini o‘rganishdagi ilmiy yondashuvlari tahlil qilingan. Behbudiyning fojiaviy taqdiri masalasida Ibrohim G‘afurov va Naim Karimov qarashlari qiyosiy aspektda yoritilib, tarixiy-arxiv manbalarining adabiyotshunoslik tadqiqotlaridagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.References
1. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Al-jome’ as-sahih. – Toshkent: “Oltin kitob” nashriyoti, 2024 y. – B.656
2. G‘afurov, Ibrohim. Mangu latofat: Badialar, risolalar: 2-kitob. – T.: “Sharq”, 2008. – 464 b.
3. G‘afurov, Ibrohim. Mangu latofat: Badialar, risolalar: 2-kitob. – T.: “Sharq”, 2008. – 464 b.
4. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. Тошкент “Академнашр”, 2013.