Abstract
Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi aqliy faoliyat fe’llarining substandart qatlamida yuz beradigan semantik-pragmatik transformatsiya va funksional rekategoriyalashuv jarayonlari qiyosiy, kognitiv va pragmalingvistik nuqtayi nazardan tadqiq etiladi. Fikrlash, bilish, tushunish, anglash, eslash, unutish, taxmin qilish va diqqat kabi kognitiv jarayonlarni ifodalovchi so‘zlashuv, slang, idiomatik, metaforik kengaygan va stilistik markirlangan fe’l birliklari tahlil obyektini tashkil etadi. Tadqiqot mental birliklarning dastlabki leksik-kognitiv semantikasi real kommunikatsiyada metaforizatsiya, semantik kengayish, evaluativ modifikatsiya, pragmatik boyish va diskursiv funksional siljishlar orqali qanday qayta tashkil etilishini aniqlashga qaratilgan. Komponent, kontekstual, kognitiv-metaforik, semantik-pragmatik, diskursiv-funksional va qiyosiy- chog‘ishtirma metodlar kompleks qo‘llanadi. Natijalar substandart mental birliklarning oddiy kognitiv nominatsiyadan baholash, kinoya, tanqid, maqtov, yumshatish, intensifikatsiya, direktivlik va interpersonal pozitsiyalash kabi funksiyalarga o‘tishini ko‘rsatadi. Ingliz tilida phrasal verb va verbal-particle modellar, o‘zbek tilida esa somatik, fazoviy va frazeologik konstruksiyalar faolroq namoyon bo‘ladi. Tadqiqot semantik transformatsiya, pragmatik boyish va funksional rekategoriyalashuvni yagona dinamik modelda birlashtiradi.References
1. Aitchison, J. (2012). Words in the mind: An introduction to the mental lexicon (4th ed.). Wiley-Blackwell.
2. Ariel, M. (2010). Defining pragmatics. Cambridge University Press.
3. Austin, J. L. (1962). How to do things with words. Oxford University Press.
4. Bach, K. (1994). Conversational impliciture. Mind & Language, 9(2), 124–162.
5. Blank, A., & Koch, P. (Eds.). (1999). Historical semantics and cognition. Mouton de Gruyter.
6. Brinton, L. J., & Traugott, E. C. (2005). Lexicalization and language change. Cambridge University Press.
7. Brown, P., & Levinson, S. C. (1987). Politeness: Some universals in language usage. Cambridge University Press.
8. Carston, R. (2002). Thoughts and utterances: The pragmatics of explicit communication. Blackwell.
9. Clark, H. H. (1996). Using language. Cambridge University Press.
10. Cruse, D. A. (1986). Lexical semantics. Cambridge University Press.
11. Croft, W., & Cruse, D. A. (2004). Cognitive linguistics. Cambridge University Press.
12. Evans, V., & Green, M. (2006). Cognitive linguistics: An introduction. Edinburgh University Press.
13. Geeraerts, D. (1997). Diachronic prototype semantics: A contribution to historical lexicology. Clarendon Press.
14. Geeraerts, D. (2010). Theories of lexical semantics. Oxford University Press.
15. Gibbs, R. W., Jr. (1994). The poetics of mind: Figurative thought, language, and understanding. Cambridge University Press.
16. Grice, H. P. (1975). Logic and conversation. In P. Cole & J. L. Morgan (Eds.), Syntax and semantics: Vol. 3. Speech acts (pp. 41–58). Academic Press.
17. Grice, H. P. (1989). Studies in the way of words. Harvard University Press.
18. Heine, B., Claudi, U., & Hünnemeyer, F. (1991). Grammaticalization: A conceptual framework. University of Chicago Press.
19. Horn, L. R., & Ward, G. (Eds.). (2004). The handbook of pragmatics. Blackwell.
20. Hunston, S., & Thompson, G. (Eds.). (2000). Evaluation in text: Authorial stance and the construction of discourse. Oxford University Press.
