Abstract
Mazkur maqolada oʻzbek tilining Fargʻona va Xorazm shevalariga xos leksik xususiyatlar qiyosiy tahlil qilinadi. Ikki hudud shevasida uchraydigan maishiy, etnografik va umumturmush leksikasi misolida ularning oʻzaro farqlanish va oʻxshashlik jihatlari koʻrib chiqiladi. Tadqiqotda Fargʻona shevasining qarluq-chigʻatoy lahjasi guruhiga, Xorazm shevasining esa oʻgʻuz va qipchoq lahjalari taʼsiriga mansubligi sabab ikki sheva leksikasidagi farqlanish darajasi yuqori ekanligi asoslanadi. Maqola natijalari sheva leksikasini oʻrganish, oʻzbek dialektologiyasi va “Oʻzbek xalq shevalari izohli lugʻati” ni boyitish nuqtai nazaridan amaliy ahamiyatga ega.References
1. Abdullayev F. Xorazm shevalari. I qism. – Toshkent: Oʻzbekiston FA nashriyoti, 1961. – 348 b.
2. Ashirboyev S. Oʻzbek dialektologiyasi. – Toshkent: Nodirabegim, 2016. – 136 b.
3. Doniyorov X. Qipchoq dialektlarining leksikasi. – Toshkent: Fan, 1979.
4. Jumanazarov Y. Oʻzbek adabiy tili va Janubiy Xorazm dialekti. – Toshkent: Fan, 1971.
5. Mahmud Koshgʻariy. Devonu lugʻatit turk. III jildlik. – Toshkent: Fan, 1960-1963.
6. Madrahimov O. Oʻzbek tili oʻgʻuz lahjasining qisqacha qiyosiy lugʻati. – Urganch: Xorazm, 1999. – 194 b.
7. Oʻzbek xalq shevalari lugʻati / Tuzuvchilar: H.Uzoqov, D.Abdurahmonov. – Toshkent: Fan, 1971. – 412 b.
8. Reshetov V.V., Shoabdurahmonov Sh. Oʻzbek dialektologiyasi. – Toshkent: Oʻqituvchi, 1978. – 232 b.