Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yetishtirilgan Apium graveolens (var. Dulce) ning vitamin tarkibini o‘rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotning dolzarbligi o‘simlikning oziq-ovqat, farmatsevtika va profilaktika amaliyotida keng qo‘llanilishi, shuningdek, O‘zbekiston tuproq-iqlim sharoitida o‘sadigan o‘simlikning biologik faol moddalarining yetarlicha o‘rganilmaganligi bilan bog‘liq. Tadqiqotning maqsadi yuqori samarali suyuq xromatografiya (HPLC) yordamida o‘simlikning yer usti qismida suvda eriydigan vitaminlar miqdorini aniqlash edi. Tadqiqot davomida o‘simlik materialining etanol ekstraktlari tayyorlandi va Agilent-1200 xromatografiya tizimi yordamida B vitaminlari, PP vitamini va C vitamini miqdori tahlil qilindi. Suvda eriydigan oltita vitaminning mavjudligi aniqlandi.References
1. О‘zbekistоn Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistоnning taraqqiyоt strategiyasi tо‘g‘risida”gi 2022-yil 28-yanvardagi PF-60 sоn Farmоni
2. Sobirova Muqaddas, Ubaydullayeva Komila.(2023) Selderey (Apigum graveolens) o‘simligining tarqalishi va dorivorlik xususiyatlari
3. Sh.Sh. Turg‘unbоyev, D.S. Tursunоva.(2023)Tоkоferоlning ayrim parametrlarini kоmpyuterda mоdellashtirish. FarDU-“kimyо fani va sanоatining dоlzarb muоmmоlari”-2023
4. Х.Q. Haydarоv, Y.SH. Tashpulatоv, Х.Х. Jalоv, I.U. Mukumоv О‘simliklar sistematikasi (yuksak о`simliklar) (darslik) Samarqand, 2019
6. Manoj B.P. Karishma Pasupula, Koka Sai Timma Rao, and Mahebub. Celery. Textbook of Underexploited Vegetable Crop, June 2024
7. Natalie Bhesania. Vitamin B6: Pyridoxine. Springer Nature Switzerland, Cham, Nowember 2025.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Dilfuzaxon Salimjon qizi Tursunova, Surayyoxon Abdusamatovna Mamatqulova, Shavkatjon Shuhratjon o'g'li Turg'unboyev (Author)