YUGURON QO‘NG‘IZLARNING (COLEOPTERA: CICINDELIDAE) BIOTSENOZLARDAGI TUR XILMA-XILLIGI VA ULARGA BIOTIK OMILLARNING TA’SIRI
PDF

Keywords

Yuguron qo‘ng‘iz
biotsenoz
Janubiy O‘zbekiston
biomassa
areal
ozuqa zanjiri.

How to Cite

YUGURON QO‘NG‘IZLARNING (COLEOPTERA: CICINDELIDAE) BIOTSENOZLARDAGI TUR XILMA-XILLIGI VA ULARGA BIOTIK OMILLARNING TA’SIRI. (2026). Qo‘qon DPI. Ilmiy Xabarlar Jurnali, 8(8), 604-615. https://doi.org/10.70728/a.series.tab.v08.i08.076

Abstract

Ushbu maqolada 2023–2026-yillar davomida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida olib borilgan entomologik tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Tadqiqot davomida yuguron qo‘ng‘izlar (Coleoptera: Cicindelidae) populyatsiyalarining turli biotsenozlarda boshqa organizmlar bilan biotik aloqalari, biotik omillarning ularning tarqalishi va populyatsiya shakllanishiga ta’siri, shuningdek, biotsenozlarning joylashuvi va tuzilishining biomassa shakllanishidagi o‘rni tahlil qilindi. Tog‘ yonbag‘irlaridagi daryo va soylar, suv omborlari atrofi, dasht hududlaridagi jilg‘alar hamda cho‘l biotsenozlarida uchraydigan yuguron qo‘ng‘izlarning ekologik xususiyatlari va hayot tarzi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, dasht biotsenozlaridagi jilg‘alar atrofida Cicindelidae oilasi vakillari dominant guruhni tashkil etib, umumiy hasharotlar biomassasining 32 % ini egallaydi. Tog‘ yonbag‘irlaridagi daryo va soylar hamda suv omborlari atrofidagi biotsenozlarda esa qattiqqanotlilar (Coleoptera) orasida Carabidae, Scarabaeidae, Tenebrionidae, Cerambycidae va Coccinellidae oilalari vakillari ustunlik qilib, umumiy biomassaning 23 % ini tashkil etdi. Cho‘l biotsenozlarining tungi entomofaunasida Sphingidae oilasi vakillari eng yuqori biomassa ko‘rsatkichiga ega bo‘ldi. Biomassa ulushi bo‘yicha keyingi o‘rinlarni Carabidae va Tenebrionidae oilalari vakillari egalladi. Yuguron qo‘ng‘izlar orasida esa faqat Megacephala euphratica (Latreille, 1822) turi qayd etildi.
PDF

References

1. Aminov M.A. Markaziy Osiyo qorinoyoqli mollyuskalari va ularning parazitologik roli // O‘zbekiston biologiya jurnali. – 2022. – № 2. – B. 34–39.

2. Ahmedov A.G. O‘zbekistonning Qizilqum cho‘li chumolilari (Hymenoptera: Formicidae): Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent, 2022. – 138 b.

3. Anagha S., Kumar G., Hegde V.D. A study of the genus Sphex Linnaeus (Hymenoptera: Sphecidae) from India // Journal of Insect Biodiversity and Systematics. – 2021. – Vol. 7, No. 4. – P. 449–465.

4. BirdLife International. Data Zone. Available at: https://datazone.birdlife.org (Accessed: 15.08.2026).

5. Borisov S. Pattern of dragonfly (Odonata) distribution in Central Asia // Zoologicheskii Zhurnal. – 2009. – Vol. 88, No. 1. – P. 11–17.

6. Ergashev N.E. O‘zbekiston o‘rgimchaklari ekologiyasi va biologiyasi. – Toshkent: Fan, 1990. – 145 b.

7. Gafurova S.T., Kholmatov B.R., Mirzaeva G.S. An annotated checklist of ladybeetle species (Coleoptera: Coccinellidae) of the Ferghana Valley (Uzbekistan) // Acta Biologica Sibirica. – 2025. – Vol. 11. – P. 171–195.

8. Ganiev B.N., Azimov N.N., Kholmatov B.R. A comparative study of spring avifauna in natural biotopes and agricultural landscapes of the Tashkent Region, Uzbekistan // Acta Biologica Sibirica. – 2024. – Vol. 10. – P. 1103–1120.

9. GBIF Secretariat. Global Biodiversity Information Facility (GBIF). Available at: https://www.gbif.org (Accessed: 15.08.2026).

10. iNaturalist. Available at: https://www.inaturalist.org (Accessed: 15.08.2026).

11. Khalimov F.Z. The ground beetles (Coleoptera: Carabidae) of the Karatepa and Chakilkalyan Mountains (western part of the Zarafshan Mountain Range, Uzbekistan) // Biosystems Diversity. – 2020. – Vol. 28, No. 3. – P. 265–271.

12. Komiljonova D.N., Mamatkulova D.N. Lepidoptera of Kampirtepa and Tangidara Branch of Surkhan State Reserve // International Journal of Biological Engineering and Agriculture. – 2024. – Vol. 3, No. 3. – P. 55–58.

13. Krombein K.V. Biosystematic Studies of Ceylonese Wasps. IX. A Monograph of the Tiphiidae (Hymenoptera: Vespoidea) // Smithsonian Contributions to Zoology. – 1982. – No. 374. – P. 1–121.

14. Lorenz W. CarabCat database // Catalogue of Life Checklist. – 2026. – Version 03 (08/2026). DOI: 10.48580/dfqf-3dk.

15. Medetov M.J., Musaev D.M., Shakarbaev U.A. The fauna of Vespidae (Hymenoptera) in Uzbekistan // Biosystems Diversity. – 2025. – Vol. 33, No. 2. – e2526.

Creative Commons License

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.

Copyright (c) 2026 Malohat Maxmadaliyevna Mamatova, Gulnara Saidorifovna Mirzayeva (Author)