Abstract
Mazkur maqolada informatika o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatida raqamli ta’lim texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik va psixologik jihatlari tahlil qilingan. Tadqiqotning maqsadi – informatika o‘qituvchilarining raqamli kompetentligi, ularning ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashga bo‘lgan munosabati, bu jarayonda yuzaga keladigan psixologik to‘siqlar va pedagogik imkoniyatlarni aniqlashdan iborat. Maqolada nazariy tahlil, so‘rovnoma, pedagogik kuzatuv va statistik ma’lumotlarni qayta ishlash metodlaridan foydalanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, informatika o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalarni qo‘llash samaradorligi ularning texnologik bilimlari, psixologik tayyorgarligi va innovatsion yondashuvlarga ochiqligi bilan bevosita bog‘liq. Shuningdek, o‘qituvchilarning yosh xususiyatlari va kasbiy tajribasi raqamli vositalarni o‘zlashtirish jarayoniga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, informatika o‘qituvchilarining raqamli texnologiyalardan samarali foydalanishi uchun ularning pedagogik-psixologik tayyorgarligini tizimli rivojlantirish, uzluksiz kasbiy qo‘llab-quvvatlash va motivatsion omillarni kuchaytirish zarur.
References
1. Nurmamotov R. A. Texnologiya fani o‘qituvchilarning raqamli kompetentligini rivojlantirishda innovatsion vositalarining o‘rni // Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования. – 2025. – Т. 4, № 2. – С. 20–22. – DOI: 10.5281/zenodo.14748118.
2. Pedagoglarning raqamli kompetensiyalari va mediasavodxonlik ko‘nikmalarini oshirishga doir raqamli resurslar muhokama qilindi [Elektron resurs] / Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi. – 2025. – URL: https://trm.uz/news/18122025.
3. Kuralov Y. A. Raqamli texnologiyalar yordamida dasturlashni o‘qitishning samarali usullari // Matematika va axborot texnologiyalari fanlari integratsiyasida yangi metodlar va innovatsiyalar: xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – 2025. – B. 112–117.
4. Usmonova Q. S. O‘quvchilarning mustaqil ishlarini mazmuni va tashkil etilishining pedagogik-psixologik xususiyatlari // Science and Education. – 2023. – Т. 4, № 3. – B. 384–390.
5. Raqamli ta’lim muhiti va raqamli texnologiyalar [Elektron resurs] / Rossiya davlat pedagogika universiteti A. I. Gertsen nomidagi. – URL: https://studyinrussia.ru/index.php/uz/university-show/502/programm-trainings/7021.
6. Nurulloyev F.N. Zamonaviy o‘qitish usullari: an’anaviy va zamonaviy ta’limning // Pedagogik mahorat jurnali. – Buxoro, 2021. – No 5. – B. 51-56.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.