Abstract
Qora rangli qorako‘l qo‘ylari gullarning joylashish rasmining aniqligi bo‘yicha boshqa rangdagi qorako‘l qo‘ylaridan ajralib turadi. Ular orasida ayniqsa “Muborak” zavot tipi qo‘ylari seleksion va qorako‘l qo‘ylari tovarlik xususiyati bilan boshqa zavot tiplaridan yuqori baholanadi. Tajriba uchun 3 xil rasmga ega qo‘zilar guruhi tanlab olinib, ushbu gul rasmlarini paydo bo‘lish sabablarini aniqlash maqsadida ko‘plab adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar chuqur o‘rganildi. Shu manbalarga asoslanib va zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, genetik jihatdan yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida mikrosatellit markerlaridan foydalanib tajriba o‘tkazish asosiy maqsad qilib olindi. Mikrosateliti markerlari bilan dunyo bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan va bir qancha tadqiqotchilar tomonidan iqtisodiy belgilar va ushbu markerlar orasida bog‘liqlik mavjud degan xulosa qilingan. Biz ham shu farazlarni inobatga olib, gullarning joylashish rasmi bo‘yicha bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlash maqsadida tajriba guruhlari orasidagi o‘xshashlik va farqlarni o‘rgandik. Shuningdek tajribada qorako‘l uchun umumiy polimarfizimni boshqa davlatda urchitilayotgan qorako‘l qo‘ylari va boshqa zotlar bilan o‘zaro solishtirib farq va o‘xshashliklar aniqlandi. Maqola so‘ngida umumiy xulosalar keltirilgan.References
1. Gizaw S, Komen H, Hanotte O, van Arendonk J.A.M. Indigenous sheep resources of Ethiopia: types, production systems and farmers preferences. Anim Genet Resour Inform 2008. 43 25-40.
2. Kalinwski ST (2002). How many alleles per locus should be used to estimate genetic distances. Heredity, 88: 62-65.
3. Richard G.F, Kerrest A, Dujon B (December 2008). “Comparative genomics and molecular dynamics of DNA repeats in eukaryotes” Microbiology and molecular biology reviews. 72(4): 686-727.
4. Sh Nanekarani, C Amirinia and N Amirmozafari “Genetic analysis of Karakul sheep breed using microsatellite markers” African Journal of Microbiology Research Vol.5(6) pp. 703-707, 18-March, 2011.
5. Yang Chunming, Bin Li, Chiu Menting, Yiming Sulaymon “Identification of microsatellites and their effect on economic traits of Texel x Kazakh sheep” Frontiers in veterinary science, May 2025 12.
6. Zhu M., Zhao S. Nomzod genlarni identifikatsiyalash yondashuvi: taraqqiyot va muammolar. Int. J. Biol. Sci. 2007; 3:420–427. doi: 10.7150/ijbs.3.420.
7. С.Ю.Юсупов, Ф.А.Ахмедов, У.Т.Фазилов, А.Газиев Селекция и племенные ресурсы в каракульском овцеводстве. Тошкент 2010, 144-152 c

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.
Copyright (c) 2026 Gulhayo Saloxiddin qizi Norboyeva, Adxam Gaziyev (Author)