Abstract
Ushbu maqolada oliy ta’lim jarayonida talabalarning metakognitiv refleksiyasini rivojlantiruvchi asosiy omillar nazariy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqilgan. Metakognitiv refleksiya — shaxsning o‘z bilish faoliyati, fikrlash strategiyalari va o‘quv natijalari ustidan ongli nazorat o‘rnatish qobiliyati bo‘lib, u zamonaviy oliy ta’lim sifatini oshirishning muhim psixologik-pedagogik resursi hisoblanadi. Tadqiqotda J.Flavellning metakognitiv monitoring modeli, B.Zimmermanning o‘z-o‘zini boshqargan ta’lim nazariyasi, D.Shyonning refleksiv amaliyotchi kontseptsiyasi va zamonaviy empirik tadqiqotlar tahlil qilingan asosida talabalar refleksiyasini shakllantiruvchi shaxsiy (o‘z-o‘zini nazorat qilish, emotsional regulyatsiya), pedagogik-metodik (o‘qitish strategiyalari, refleksiv topshiriqlar) va institutsional-texnologik (raqamli muhit, ta’lim siyosati) omillar guruhlarga ajratilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, metakognitiv bilim va emotsional regulyatsiyaning o‘zaro ta’siri talabalar refleksiyasining rivojlanish darajasini belgilovchi hal qiluvchi omil hisoblanadi.References
1. Dewey J. How We Think: A Restatement of the Relation of Reflective Thinking to the Educative Process. — Boston, MA: D.C. Heath, 1933. — 301 p.
2. Flavell J.H. Metacognition and cognitive monitoring: A new area of cognitive-developmental inquiry // American Psychologist. — 1979. — Vol. 34, No. 10. — P. 906–911.
3. Schön D.A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. — New York: Basic Books, 1983. — 374 p.
4. Zimmerman B.J. Becoming a self-regulated learner: An overview // Theory Into Practice. — 2002. — Vol. 41, No. 2. — P. 64–70.
5. Merkebu J., Kitsantas A., Durning S.J., Ma T. What is metacognitive reflection? The moderating role of metacognition on emotional regulation and reflection // Frontiers in Education. — 2023. — Vol. 8. — Art. 1166195.
6. Hidayat H., Harmanto D., Mohd Isa M.R., Tanucan J.C.M., Ahlunnazak A.I., Ifdil I., Ardi Z. Importance of metacognitive awareness in learning and instruction for engineering students’ education // Journal of Social Studies Education Research. — 2024. — Vol. 15, No. 1. — P. 149–186.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. — 2017