Abstract
Mazkur maqolada bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Zamonaviy ta’lim tizimida pedagog faoliyatining mazmuni va unga qo‘yilayotgan kasbiy talablarning o‘zgarishi natijasida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida ish olib borish zarurati ortib bormoqda. Tadqiqotda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda kompetensiyaviy, faoliyatga yo‘naltirilgan, refleksiv hamda raqamli yondashuvlarning ilmiy-pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Mahalliy va xorijiy pedagogik tadqiqotlar tahlili asosida kasbiy kompetentlikning tarkibiy qismlari, uni rivojlantirish omillari va samarali pedagogik shart- sharoitlari aniqlangan. Maqolada zamonaviy pedagogning kasbiy kompetentligi faqatgina nazariy bilimlar majmui emas, balki pedagogik vaziyatlarni tahlil qilish, mustaqil qaror qabul qilish, innovatsion texnologiyalardan foydalanish va uzluksiz kasbiy rivojlanishga tayyorlikni ifodalovchi murakkab integrativ sifat sifatida asoslangan.References
1. Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish nazariyasi va amaliyoti. — Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2013. — 168 b.
2. Tolipov O‘.Q., Usmonboyeva M.H. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. — Toshkent: Fan, 2006. — 260 b.
3. Azizxo‘jayeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. — Toshkent: TDPU, 2006. — 174 b.
4. Ishmuhamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. — Toshkent: Iste’dod, 2008. — 180 b.
5. Farberman B.L. Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. — Toshkent: Fan, 2000. — 127 b.
6. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. — Toshkent: O‘qituvchi, 2004. — 104 b.
7. Shulman L.S. Those Who Understand: Knowledge Growth in Teaching // Educational Researcher. — 1986. — Vol.15, №2. — P.4–14.
8. Mishra P., Koehler M.J. Technological Pedagogical Content Knowledge: A Framework for Teacher Knowledge // Teachers College Record. — 2006. — Vol.108, №6. — P.1017–1054.
9. Schön D.A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. — New York: Basic Books, 1983. — 374 p.
10. UNESCO. ICT Competency Framework for Teachers. Version 3. — Paris: UNESCO, 2018. — 64 p.
11. Redecker C. European Framework for the Digital Competence of Educators: DigCompEdu. — Luxembourg: Publications Office of the European Union, 2017. — 95 p.
12. Darling-Hammond L., Hyler M.E., Gardner M. Effective Teacher Professional Development. — Palo Alto: Learning Policy Institute, 2017. — 76 p.