Abstract
Mazkur maqolada oliy ta’limda matematika fanini o‘qitishda mustaqil ta’lim jarayonini raqamli platforma asosida tashkil etish va baholashning metodik-texnologik yechimlari yoritiladi. Tadqiqot HUMMATH platformasi misolida 25 nafar talaba ishtirokida 1 ta fan doirasida 15 ta mavzu bo‘yicha 15 hafta davom etgan pilot sinovga tayanadi. Mustaqil topshiriqlar sillabus mezonlariga mos holda darajalangan (A–B–C), topshirish QR-kod orqali tashkil etilgan va rubrika (mezonli baholash) asosida baholangan. Ishda raqamli platforma yordamida mustaqil ta’limni boshqarishning “maqsadli–jarayonli–natijaviy” modeli taklif etilib, platforma loglari, monitoring va teskari aloqa mexanizmlari asosida tavsifiy tahlil beriladi. Natijalar raqamli platformalar topshiriqlarni standartlashtirish, baholash shaffofligini kuchaytirish, o‘qituvchi yuklamasini optimallashtirish hamda akademik halollikni qo‘llab-quvvatlashda samarali ekanini ko‘rsatadi.
References
1. Slastyonin V.A. Pedagogika: darslik. — Moskva: Akademiya, 2013.
2. Lerner I.Ya. Didaktika asoslari. — Moskva: Pedagogika, 1981.
3. Begimqulov U.Sh. Pedagogik ta’lim jarayonlarini axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarish nazariyasi va amaliyoti. Ped.f.d. … diss. – Toshkent, TDPU, 2007.
4. Mahmudov M. Ta’limni didaktik loyihalashning nazariy asoslari. — Toshkent, 2002.
5. European Commission. DigCompEdu: Digital Competence Framework for Educators. — Brussels, 2017.
6. Oliy ta’limda kredit-modul tizimini joriy etishga doir me’yoriy hujjatlar. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son Farmoni.
7. Назаров А. Рақамли таълим ва унинг афзалликлари // Таълим ва инновация. – 2022. – №2. – Б. 45–49.
8. Зарипов.Л.Р. Кредит-модул тизими асосида бўлажак технология ўқитувчиларининг касбий тайёргарлигини такомиллаштириш. Дисс.– Т.: 2023 й. – 130 б.
9. Зарипов.Л, Тохиров.З, Тўхтаева М. Мустақил таълимни ташкил этиш ва баҳолаш мезонлари // Методик қўлланма. – Т.: “Yetakchi nashriyoti” 2024 й – 32 б.
10. Boltayeva SH.O Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlarini tashkil etishda masofali о‘qitish texnologiyasining ahamiyati // Ta’lim, fan va innovatsiya ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-uslubiy jurnal. 31-34. –Toshkent, 2022 y., – 50 b.

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.