Abstract
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida umumiy dars jarayonlarida yuzaga keladigan diqqat tarqoqligi, raqamli muhit va kognitiv bandlik muammolari psixologik hamda pedagogik nuqtayi nazardan tahlili ko’rib chiqiladi. Raqamli muhitning bolalar kognitiv rivojlanishiga ta’siri, ishchi xotira va ijro funksiyalarining o‘rni, kognitiv yuklama nazariyasi hamda zamonaviy ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida muammo yoritiladi. Shuningdek, dars jarayonida o’quvchilarning diqqatni uzoq muddat saqlab tura olmaslik sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etishga qaratilgan pedagogik yechimlar taklif etiladi. Xususan, Jonathan Haidt ning Behalovat avlod (The Anxious Generation) asaridagi ilmiy dalillar asosida bolalarda turli biologik va psixologik o’zgarishlarning diqqat barqarorligiga salbiy ta’siri va uning ta’lim jarayonidagi oqibatlari tahlil qilinadi.
References
1. Jonathan Haidt ning Behalovat avlod (The Anxious Generation)
2. John Sweller (Cognitive Load Theory)
3. U.Uvatov Donolardan saboqlar

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.