Abstract
Maqolada “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish masalasi pedagogik zaruriyat sifatida tahlil etilgan. Zamonaviy ta’lim tizimining dolzarb muammolari, xususan, mustaqillik davri voqea- hodisalarini xolis, ilmiy va vatanparvarlik ruhida yoritish, talabalarda tanqidiy fikrlash, ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi hamda milliy o‘zlikni anglash ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati asosida ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda an’anaviy o‘qitish usullarining cheklangan imkoniyatlari (asosan ma’ruzaviy va eslab qolishga asoslangan yondashuv) hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning afzalliklari (interfaol metodlar, loyiha asosidagi ta’lim, case-study, manbalar bilan ishlash, raqamli vositalar va fanlararo integratsiya) solishtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining nazariy-uslubiy asoslari (ilmiylik, tarixiylik, xolislik, vorisiylik va g‘oyaviylik tamoyillari) va mavjud o‘quv dasturlari tahlili asosida metodik takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari taklif etilgan.References
1. Мирзиёев Ш. М. Тарихий хотира – миллий ғурур манбаи // Халқ сўзи, 2020 йил 30 октябрь; қаранг: Мирзиёев Ш. М. Янги Ўзбекистон стратегияси. – Тошкент: Ўзбекистон, 2021. – Б. 184-186.
2. Saidov A.X. O‘zbek davlatchiligi tarixi. – Toshkent: Akademiya, 2018. – B. 14-16
3. Alimova D.A. Tarix fani metodologiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2018. – B. 22-24.
4. Asqarov A. A. O‘zbekiston tarixi davrlarga bo‘lish masalalariga doir // O‘zbekistonning yangi tarixi. 1-kitob: O‘zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida. – Toshkent: Sharq, 2000.
5. Abduxalimov B., Alimova D., Erturk E. va boshq.).O‘zbekistonning eng yangi tarixi. – Toshkent: Universitet, 2020.
6. Sagdullayev A. O‘zbek xalqining shakllanishi va qadimgi tarixining ayrim muammolari. – Toshkent: Fan, 1994.
7. Sagdullayev A. Markaziy Osiyo tarixining dolzarb muammolari // O‘zbekiston tarixi (davlat o‘quv qo‘llanmasi). – Toshkent: Sharq, 1995.