Abstract
Ushbu maqolada Abu Ja’far Ahmad ibn Abdulloh al-Marvaziy (Habash al-Hosib) ilmiy merosini o‘rganishda Jorj Sartonning tutgan o‘rni tarixshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Tadqiqotda J. Sartonning “Introduction to the History of Science” (“Fan tarixiga kirish”) asarida al-Marvaziyning shaxsiyati, ilmiy merosi hamda islom fani tarixidagi o‘rniga berilgan baholar o‘rganiladi. Shuningdek, al- Marvaziyning IX asrning yirik matematik va astronom olimlaridan biri sifatidagi faoliyati, xususan, matematika, trigonometriya va astronomiya rivojiga qo‘shgan hissasi to‘g‘risida Sarton keltirgan ma’lumotlar tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari Birinchi Renessans davrida yashab, jahon ilm-fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan, biroq ilmiy merosi O‘zbekistonda yetarli darajada o‘rganilmagan allomalardan biri bo‘lgan al-Marvaziyning tarixiy-ilmiy o‘rnini yoritishga xizmat qiladi.References
1. Sarton, G. Introduction to the History of Science. Vol. I: From Homer to Omar Khayyam. — Baltimore: Carnegie Institution of Washington / Williams & Wilkins Company, 1927. — p. 565.
2. Ibn al-Nadîm. Kitâb al-Fihrist. / ed. Gustav Flügel. — Leipzig, 1872. — Vol. I. — p. 275.
3. Kennedy, E. S. The Solar and Lunar Theory of Ḥabash al-Ḥāsib. // Journal for the History of Astronomy. — Cambridge, 1971. — Vol. 2, No. 3. — pp. 160–165.
4. King, D. A. Astronomy in the Service of Islam. — Aldershot: Variorum, 1993. — pp. 42–58.
5. Ibn al-Qifṭī. Ta'rīkh al-Ḥukamā'. / ed. Julius Lippert. — Leipzig, 1903. — pp. 170–171.
6. Sezgin, F. Geschichte des arabischen Schrifttums (GAS). Band V: Mathematik. — Leiden: E. J. Brill, 1974. — S. 242–245.
7. Suter, H. Die Mathematiker und Astronomen der Araber und ihre Werke. — Leipzig: B.G. Teubner, 1900. — S. 12
