Abstract
Maqolada O‘zbekistonda sovet siyosiy-mafkuraviy targ‘iboning Amir Temur va Temuriylar davri tarixini o‘rganishga ta’siri tarixshunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilindi. Bunda I.M. Mo‘minovning 1968-yilda nashr etilgan risolasi, A.P. Novoseltsev va M.A. Abduraimovning 1973-yildagi maqolalari, M.G. Vahobov hamda G.A. Hidoyatovning 1986–1988-yillarda “Правда Востока” gazetasida chop etilgan chiqishlari va B. Ahmedovning 1989-yilgi raddiyasi tahlilga tortildi. Muammoviy-xronologik, qiyosiy- tarixshunoslik, manbashunoslik tanqidi va diskursiv tahlil usullari asosida sovet mafkurasi temurshunoslikka faqat salbiy baholar orqali emas, balki manbalarni saralash, sababiy bog‘lanishlarni izohlash, ilmiy atamalardan foydalanish va xulosalarni ommalashtirish orqali ham ta’sir ko‘rsatgani aniqlandi. I.M. Mo‘minov risolasi marksistik-lenincha metodologiyani rad etmagan holda Amir Temurning Movarounnahrdagi markazlashtiruvchilik faoliyatini tashqi istilolardan farqlashga qaratilgan ichki konseptual yangilanish sifatida baholandi. A.P. Novoseltsev va M.A. Abduraimov tanqidlarida ilmiy asosga ega manbashunoslik masalalari oldindan belgilangan “reaksionlik” hukmini tiklash vositasiga aylantirilgani ko‘rsatildi. 1980- yillarning ikkinchi yarmida bahsning ilmiy jurnallardan ommaviy matbuot, adabiyot va ta’lim sohasiga ko‘chishi sovet propagandasining tarixiy xotirani ham nazorat qilganini namoyon etdi.References
1. Муминов И.М. Роль и место Амира Тимура в истории Средней Азии: в свете данных письменных источников. – Ташкент: Фан, 1968. – 45 с.
2. Новосельцев А.П. Об исторической оценке Тимура // Вопросы истории. – Москва, 1973. – № 2. – С. 3–20.
3. Абдураимов М.А. Обзор литературы, посвящённой Тимуру и Тимуридам, изданной в Узбекистане в 60-х годах // История СССР. – Москва, 1973. – № 5. – С. 83–90.
4. Вахабов М.Г. Правде истории вопреки // Правда Востока. – 1986. – 4 декабря. – С. 3.
5. Вахабов М.Г. О правде – только правду // Правда Востока. – 1988. – 21 июня. – С. 4.
6. Хидоятов Г.А. Великий воспитатель // Правда Востока. – 1988. – 11 ноября. – С. 4.
7. Аҳмедов Б. Тарихни сохталаштириб бўлмайди // Шарқ юлдузи. – Тошкент, 1989. – № 6. – Б. 164–166.
8. Якубовский А.Ю. Тимур: опыт краткой политической характеристики // Вопросы истории. – Москва, 1946. – № 8–9. – С. 42–74.
9. Якубовский А.Ю. Самарканд при Тимуре и Тимуридах. – Ленинград: Издательство Государственного Эрмитажа, 1933. – 68 с.
10. Шараф ад-Дин Али Йазди. Зафар-наме / подготовка к печати, предисловие, примечания и указатели А. Урунбаева. – Ташкент: Фан, 1972. – 240 с.
11. O‘ljayeva Sh.M. XX asrning 50–60-yillarida Amir Temur va Temuriylar davri tarixshunosligi: sho‘ro adabiyotlari misolida: tarix fanlari nomzodi ... dissertatsiyasi. – Toshkent, 1999. – 154 b.
12. История и историки Узбекистана в XX веке / ответственный редактор Д.А. Алимова. – Ташкент: Navro‘z, 2014. – 428 с.
13. Usmonov B.A. Rossiya tarixshunosligida Amir Temur siymosi. – Toshkent: Fan, 2011. – 128 b.
14. Usmonov B.A. Farg‘ona vodiysining Amir Temur va Temuriylar davri tarixi. – Farg‘ona: Classic, 2024. – 208 b