Abstract
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobining so‘nggi 2019-yildagi nashriga kiritilgan Asteraceae oilasi vakillarining tarqalishi, ekologik xususiyatlari va muhofaza holati tahlil qilindi. Tadqiqot obyekti sifatida oilaning 17 turkumiga mansub 43 ta kamyob, endem va yo‘qolib ketish xavfi ostidagi turi o‘rganildi. Natijalarga ko‘ra, o‘rganilgan turlarning aksariyati tor arealli va ekologik jihatdan cheklangan muhitlarga moslashgan bo‘lib, ularning asosiy qismi 1-, 2- va 3-toifalarga mansub ekanligi aniqlandi. Shuningdek, ayrim turlar uchun muhofaza choralarining yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi qayd etildi. Tahlil jarayonida turlar soni va arealining qisqarishiga sabab bo‘layotgan asosiy xavf omillari sifatida chorva mollarining nazoratsiz boqilishi, yerlarning qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun o‘zlashtirilishi, dorivor o‘simlik sifatida nooqilona va me’yoridan ortiq yig‘ib olinishi, texnogen ta’sirlar hamda iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq omillar ajratib ko‘rsatildi. Bundan tashqari, 8 ta tur bo‘yicha asosiy xavf omillari aniqlanmaganligi va ularning ekologik holati yetarli darajada o‘rganilmaganligi qayd etildi.References
1. Azizbek Maxmudov, Ozodbek Abduraimov, Akmal Allamurotov, Valijon Maxmudov, Shoxina Halimova, Komiljon Tojibayev Scale for Assessing the Impact of Operational Stress on the Resource Potential of Medicinal Plants: A Case Study of Southern Uzbekistan // Environment and Ecology Research. 2025. 13(6). Pp.: 850-867. https://www.hrpub.org/journals/jour_archive.php?id=40&iid=2357
2. Ўзбекистон Республикасининг Қизил китоби, I жилд: Ўсимликлар. – Т.: "Tasvir" нашриёт уйи, 2019. – 246-275 б.
3. Karimov F.I. Rare and endemic plants of Uzbekistan and their conservation. – Tashkent, 2018.
4. Global Biodiversity Information Facility (GBIF). Asteraceae occurrence data. https://www.gbif.org
5. POWO (Plants of the World Online). Asteraceae Bercht. & J.Presl. Royal Botanic Gardens, Kew. Available at: https://powo.science.kew.org
6. Funk V.A., Susanna A., Stuessy T.F., Bayer R.J. Systematics, Evolution and Biogeography of Compositae. Vienna: International Association for Plant Taxonomy, 2009. 965 p.
7. Bremer K. Asteraceae: Cladistics and Classification. Portland: Timber Press, 1994. 752 p.
8. World Flora Online Consortium. World Flora Online. Available at: https://www.worldfloraonline.org
9. Tojibaev K.Sh., Beshko N.Yu. Flora of Uzbekistan: Taxonomic and Ecological Analysis. Tashkent: Fan, 2016.
10. Sennikov A.N., Tojibaev K.Sh., Khassanov F.O. et al. The Flora of Uzbekistan Project. Phytotaxa, 2016.
11. Флора Узбекистана. Том V. Под ред. А.И. Введенского. Ташкент: Издательство АН УзССР, 1961.
12. Convention on Biological Diversity. Convention on Biological Diversity. Rio de Janeiro, Brazil, 5 June
1992. Montreal: Secretariat of the Convention on Biological Diversity. Available at: https://www.cbd.int/convention (accessed: 01.07.2026).
13. Флора Узбекистана. Том V. Сост.: Бондаренко О.Н., Бутков А.Я., Введенский А.И. и др. – Ташкент, 1961. – С. 263-416.
14. Nasriddinova, M.R. Growth and development of Hyssopus officinalis L. (Asteraceae) under the conditions of Karshi oasis. Acta Biologica Slovenica, 68(2). 2025. – P. 161-167. https://doi.org/10.14720/abs.68.2.19798
15. Kuznetsov A. Medicinal plants of the Asteraceae family. Moscow: Nauka, 2019.
16. Tojiboyev Sh. Flora of Uzbekistan: Asteraceae family review. Samarqand, 2020.
17. Rakhimova D. Rare plants of Central Asia: ecological role and conservation. Tashkent, 2018.
