Abstract
Ushbu maqolada metallga ishlov berish va neft-kimyo korxonalari oqava suvlarining aralash model suvdan ogʻir metallar, erigan organik moddalar va neft mahsulotlarini bir vaqtning oʻzida yoʻqotish maqsadida ishlab chiqilgan kompleks tozalash tizimi oʻrganildi. Tizim modifikatsiyalangan bentonit–sapropel sorbenti (60:40, mas.), ikkilamchi Al/Fe koagulyanti [KAl(SO₄)₂·12H₂O+FeCl₃·6H₂O] va aralash flokulyantdan [natriy poliakrilat + poliatsetilsellyloza] iborat . Adsorbsiyani koagulyatsiya–flokulyatsiya bilan birlashtirish barqaror ijobiy natija berdi: birlashtirilgan jarayon loyqalik, KKI, neft mahsulotlari, fenol hamda Cu(II), Pb(II), Cd(II) va Cr(VI) metallarining 91–99 % ini ajratib oldi, bu esa har bir bosqichning mustaqil taʼsiridan kutilgan qiymatdan 1,02–1,10 baravar yuqoridir. Ifloslantiruvchi moddalarni tutib qolish zaryad neytrallanishi, choʻktiruvchi va koʻprik hosil qiluvchi flokulyatsiya hamda sorbentda sirt kompleks hosil boʻlishi mexanizmlari bilan izohlandi. Sorbent dozasi, sorbent–koagulyant nisbati va muhit pH ining tozalash samaradorligiga taʼsiri aniqlanib, 5,0 g L⁻¹ sorbent, 8:1 sorbent–koagulyant nisbati va pH 7,0–7,5 optimal rejim sifatida asoslandi.References
1. Bhattacharyya K. G., Gupta S. S. Adsorption of a few heavy metals on natural and modified kaolinite and montmorillonite: A review // Advances in Colloid and Interface Science. – 2008. – Vol. 140, № 2. – P. 114–131.
2. Duan J., Gregory J. Coagulation by hydrolysing metal salts // Advances in Colloid and Interface Science. – 2003. – Vol. 100–102. – P. 475–502.
3. Bolto B., Gregory J. Organic polyelectrolytes in water treatment // Water Research. – 2007. – Vol. 41, № 11. – P. 2301–2324.
4. Uddin M. K. A review on the adsorption of heavy metals by clay minerals, with special focus on the past decade // Chemical Engineering Journal. – 2017. – Vol. 308. – P. 438–462.
5. Cygan R. T., Greathouse J. A., Kalinichev A. G. Advances in Clayff molecular simulation of layered and nanoporous materials // The Journal of Physical Chemistry C. – 2021. – Vol. 125, № 32. – P. 17573–17589.
6. Sorescu A. A., Ion R. M., Nuta A. Advanced materials with stable crystalline structure // Scientific Bulletin of Valahia University. Materials & Mechanics. – 2015. – Vol. 13, № 10.